Xorijiy investitsiyali korxonalar soni bir yilda 26,3 foizga oshdi — infografika

Obuna bo‘lish
Ularning qariyb 30 foizi Xitoy kapitali ishtirokida tashkil etilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 20 973 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 364 taga yoki 26,3 foizga ko‘p.
Ularning:
4 685 tasi — qo‘shma korxona;
16 288 tasi — xorijiy korxona.
Eng ko‘p korxona Xitoy kapitali ishtirokida tashkil etilgan — 6 241 ta yoki jami korxonalarning 29,8 foizi.
Keyingi o‘rinlarda:
Rossiya — 3 512 ta (16,7%);
Turkiya — 2 327 ta (11,1%).
Xitoy, Rossiya va Turkiya hissasiga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi barcha korxonalarning 57,6 foizi to‘g‘ri keladi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0