Samarqandda birinchi O‘zbekiston – Gruziya turizm forumi bo‘lib o‘tmoqda

© SputnikV Samarkande proxodit perviy uzbeksko-gruzinskiy turisticheskiy forum
V Samarkande proxodit perviy uzbeksko-gruzinskiy turisticheskiy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar sayyohlar oqimini oshirish, yangi yo‘nalishlar yaratish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni rivojlantirishni muhokama qildi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Samarqandda birinchi O‘zbekiston–Gruziya turizm forumi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida ikki mamlakat turizm sohasi vakillari uchrashdi. Forumning asosiy maqsadi — O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida sayyohlar oqimini oshirish, yangi turistik yo‘nalishlar yaratish va sohadagi hamkorlikni kengaytirish.
Ochilish marosimida Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sanjar Tojiyev va Gruziya turizm assotsiatsiyasi raisi Natalya Kvachantiradze so‘zga chiqdi.
Tomonlar madaniy, ziyorat, gastronomik, ekologik va ishbilarmonlik turizmini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidladi.
Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni kengaytirish, turoperatorlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va mediaturlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
“Umid qilamizki, forum aniq kelishuvlar va qo‘shma loyihalarga aylanadi”, — dedi Sanjar Tojiyev.
Rasmiy qismdan so‘ng O‘zbekiston va Gruziya turizm biznesi vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Turoperatorlar va kompaniyalar ikki mamlakatdan sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladigan qo‘shma loyihalar va yangi turistik mahsulotlar bo‘yicha fikr almashdi.
Forum doirasida gruziyalik mehmonlar Samarqand va Buxorodagi sayyohlik obyektlari bilan ham tanishadi. Bu tashriflar O‘zbekistonning turistik imkoniyatlarini Gruziya bozorida kengroq targ‘ib qilishga qaratilgan.
Nima uchun O‘zbekiston va Gruziya hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Matbuot markazi
Nega O‘zbekiston va Gruziya hamkorligi yangi darajaga ko‘tarilmoqda – video
Yangiliklar lentasi
0