Endi boshqa urush bo‘ladi: Ukraina Rossiyani osongina ortda qoldirdi — va bu ajoyib

© RIA Novosti / Sgenerirovano II Izobrajenie sgenerirovano II
 Izobrajenie sgenerirovano II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2026
Obuna bo‘lish
RIA Novosti kolumnisti Ukrainadagi demografik inqiroz, uning mamlakat kelajagiga ta’siri va ehtimoliy oqibatlari haqida maqola yozdi.
Kiyev perinatal markazi direktori Dmitriy Govseyevning aytishicha, Ukraina aholisini 2022-yil darajasiga qaytarish mumkin: buning uchun har bir ukrainalik ayol sakkiztadan farzand ko‘rishi kerak.
Ma’lumki, barcha aniq fanlar moskalcha kelib chiqishga ega, ammo bu yerda qandaydir intellektual yutuq yuz berdi: ozmi-ko‘pmi to‘g‘ri matematikada fizika va biologiya mutlaqo hisobga olinmagan.
Govseyev bu mavzuda bejiz gap ochgani yo‘q: u hademay ishdan ayrilib qolishim mumkin, deb zorlanyapti.
Ukraina Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki olti oyida mamlakatda o‘lim va tug‘ilishning rekord darajadagi salbiy nisbati qayd etildi: to‘rt nafar vafot etgan odamga atigi bitta tug‘ilish to‘g‘ri keldi. Bir yil oldin bu nisbat uchga bir edi.
Aslida, rekord allaqachon yangilangan, deya yozadi RIA Novosti kolumnisti Kirill Strelnikov.
2017 yilda BMT Aholishunoslik bo‘limi 2050-yilga kelib Ukraina aholisi 36,4 million, 2100-yilda esa 28,18 million kishi bo‘lishini prognoz qilgandi. 2024-yilda Ukraina hukumati tasdiqlagan Demografik rivojlanish strategiyasida esa 2051-yilga kelib mamlakatda 25 million kishi qolishi qayd etildi.
Ammo Ukraina ijtimoiy siyosat vaziri Ulyutin ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda hozirning o‘zida atigi 22–25 million aholi qolgan.
Mutaxassislar Ukrainadagi demografik inqiroz bir nechta darajaga ega ekanini ta’kidlamoqda. Frontda jonli kuch yetishmasligi ko‘zga tashlanadi, ammo urushlar ertami-kechmi tugaydi. Demografik oqibatlar esa jangovar harakatlardan ancha uzoq yashaydi.
Avgust boshida Lyublyanadagi Yaqin Sharq va Bolqon tadqiqotlari xalqaro instituti Osaka universiteti professori Masaxiro Matsumuraning "Rossiya-Ukraina urushining kutilayotgan yakuni" nomli ishini e’lon qildi.
Muallifning ta’kidlashicha, Ukrainaning taktik yangiliklari, birinchi navbatda uzoq masofali dronlar Rossiya infratuzilmasi uchun operatsion qiyinchiliklar tug‘dirmoqda, ammo ular ko‘proq umidsizlik choralari hisoblanadi. U mojaroning yakuniy bosqichga kirishining asosiy sabablaridan biri sifatida "demografik inqirozni strategik cheklov" deb ko‘rsatadi.
Agar faol aholi og‘ir va qaytarib bo‘lmaydigan darajada qisqarsa, davlat armiyani shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini yo‘qotadi. Muallif ta’biri bilan aytganda, Ukraina "yengib bo‘lmas inson resurslarining tarkibiy nomutanosibligi"ga duch kelmoqda.
Yevrostat ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada 4,5 millionga yaqin ukrainalik "vaqtinchalik himoya" ostida. Ammo ularni qaytarish ham muammoni to‘liq hal qilmaydi.
Statistikaga ko‘ra, Yevropaga ketganlar orasida frontga yuborib bo‘lmaydigan bolalar va yoshlar, shuningdek, fertil yoshdagi ayollar katta ulushni tashkil etadi. Ularning aksariyati oliy ma’lumotli bo‘lib, yangi muhitga nisbatan oson moslashadi. Shu sababli ularning qaytish ehtimoli ham past.
Hatto CNN ham Ukraina "bevalar va yetimlar mamlakati"ga aylanib borayotgani va "demografik falokat" tomon harakatlanayotganini ta’kidlagan.
Iyul oxirida Karnegi jamg‘armasi* Ukraina aholisini Afrika, Osiyo yoki Lotin Amerikasidan keladigan migrantlar hisobiga to‘ldirish mavzusini yana ko‘tardi. Ukraina Demografiya va ijtimoiy tadqiqotlar instituti direktori Ella Libanova aholini 30 million darajasida ushlab turish uchun har yili 300 mingga yaqin migrant jalb qilish kerakligini aytgan edi.
Ukraina mudofaa vazirligining sobiq rahbari Fodorov esa hujumchi qo‘shinlarning 50 foizini chet elliklar bilan almashtirish rejalarini tilga olgan.
Qizig‘i shundaki, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish ham demografik vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin.
"Xalq xizmatkori" serialida prezident YeI Ukraina fuqarolari uchun vizasiz rejimni ma’qullaganini e’lon qiladi va ertasi kuni mamlakatda deyarli yolg‘iz qolganini ko‘radi. Mutaxassislarning ayrimlari xuddi shu ssenariy haqiqiy hayotda ham takrorlanishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Hammasi butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi — Rossiya bu haqda ko‘p marta ogohlantirgan.
Tinchlik, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ozchiliklarni hurmat qilish o‘rniga Ukraina aqlsizlik, urush va nafratni tanladi. Endi esa ekkanini o‘rmoqda.
* Rossiyada xorijiy agent vazifasini bajaruvchi tashkilot va RFda nomaqbul deb tan olingan.
Yangiliklar lentasi
0