Muddatli to‘lov 12 oydan oshmaydi, oldin to‘lashda jarima bo‘lmaydi — yangi qoidalar

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishOplata JKX
Oplata JKX - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2026
Obuna bo‘lish
2027 yildan muddatli to‘lov shartlari o‘zgaradi: ustama ochiq ko‘rsatiladi, qarzni jarimasiz oldinroq yopish mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov bozori yangi tartibda ishlaydi. Bu prezidentning 14-avgustdagi PQ–294-son qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, operatorlar Markaziy bank reyestriga kiritiladi, mijozlarning qarz yuki hisobga olinadi. Muddatli to‘lov shartnomasi 12 oydan oshmaydi. Tovar narxiga qo‘shiladigan komissiya, ustama va boshqa to‘lovlar alohida ko‘rsatilishi shart bo‘ladi.
Iste’molchi qarzni istalgan vaqtda to‘liq yoki qisman qo‘shimcha jarima, penya va komissiyasiz muddatidan oldin so‘ndirishi mumkin bo‘ladi.
Asosiy qarzdan tashqari komissiya, jarima, penya va boshqa to‘lovlarning umumiy miqdori bir yilda muddatli to‘lov summasining yarmidan oshmasligi kerak.
Shuningdek, muddatli to‘lov rasmiylashtirishda mijoz shaxsi raqamli identifikatsiya va verifikatsiyadan o‘tkaziladi. Operatorlar qarz berishdan oldin mijozning qarz yuki Markaziy bank belgilaydigan eng yuqori meyordan oshmasligini ham tekshiradi.
Barcha muddatli to‘lov shartnomalari va ularning ijrosi haqidagi ma’lumotlar kredit burolari bilan almashiladi.
Ayni paytda BHMning 3 baravarigacha bo‘lgan tovar iste’mol kreditlari bo‘yicha shartnoma va uning ijrosi haqidagi ma’lumotlarni kredit burosiga majburiy taqdim etish talabi bekor qilinadi.
Muddatli to‘lovga beriladigan tovar yoki xizmat qiymati BHMning 250 baravaridan oshmasligi belgilandi. Ko‘chmas mulk esa bunday xizmat obyekti bo‘la olmaydi.
Operator muddatli to‘lov bo‘yicha qarzni talab qilish huquqini faqat boshqa operator, bank yoki mikromoliya tashkilotiga o‘tkazishi mumkin.
Bundan tashqari, choraklik savdo aylanmasi 500 mln so‘mdan oshgan va uning kamida yarmi bo‘lib-bo‘lib to‘lash hisobiga to‘g‘ri keladigan tashkilotlar ham Markaziy bank reyestriga kiritilib, operatorlar uchun belgilangan talablarga rioya qilishi shart bo‘ladi.
Vxod v sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Kredit reklamasining 10 foizi xatarlar to‘g‘risidagi ogohlantirishga ajratilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0