Uzum, Yandex Go, Oqtepa Lavash: Toshkentda 39 tadbirkor taqdirlandi

© Sputnik
Obuna bo‘lish
Mukofotlanganlar orasida IT, aviatsiya, umumiy ovqatlanish, tibbiyot, ta’lim va sanoat kompaniyalari vakillari bor.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Tadbirkorlar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 39 nafar tadbirkorga davlat mukofotlari topshirildi. Ular orasida Uzum, Yandex Go, Oqtepa Lavash, Dodo Pizza, Centrum Air, Sofizar kabi taniqli brendlar rahbarlari va asoschilari bor.
Mukofotlangan tadbirkorlar axborot texnologiyalari, aviatsiya, umumiy ovqatlanish, tibbiyot, ta’lim, mehmonxona biznesi, yengil sanoat, kommunal xizmat va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.
Eng yirik kompaniyalardan biri — Uzum. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ekotizim korxonalarida 14 mingdan ortiq kishi ishlaydi. Uzum 2025-yilni 176 mln dollar sof foyda bilan yakunlagan. Kompaniyaning bosh direktori Jasur Jumayev “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Centrum Air va My Freighter asoschisi Abdulaziz Abdurahmonov “Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘ldi. Centrum Air parkida 16 ta samolyot bor, aviakompaniya 55 dan ortiq yo‘nalishda parvoz qiladi va shu paytgacha 3 mlndan ziyod yo‘lovchi tashigan.
Oqtepa Lavash asoschisi Behzod G‘ulomov ham “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonini oldi. Tarmoq O‘zbekistonning 11 shahrida 97 ta filialga ega. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga tayangan ochiq manbalarga ko‘ra, Oqtepa Lavash 2026-yilning birinchi yarmida 20 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
Mukofotlarni Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov topshirdi. Tadbirkorlarga “Do‘stlik” va “Mardlik” ordenlari, “Sog‘lom turmush”, “Kelajak bunyodkori”, “Shuhrat” medallari hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni berildi. Prezident farmoni, “Faol tadbirkor” ro‘yxati.
Barcha kompaniya va brendlar
“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni:
Diva teks
Qo‘noq Hotels
“Nosirxon-Muslim”
Baner Print
Greenleaf Products
Isko
Sofizar
Mirzo Bobur
Rubber Plast Pharm
Oqtepa Lavash
Uzum Technologies
Trust Communal
Dodo Pizza Tashkent
Edu Action
Mavis Global
Health Line
Asia Kandi
Nano xususiy klinikasi
Eman
“Ijod-ijod”
IT-Alliance SWS
Al Muamalat Consulting
Electronic Autonomous Solutions
YandexGo UB
Davlat orden va medallari:
My Freighter
Centrum Air
United Soft
Atabaevs Production
Intest Max
East-Games
Barakat-Alfa
Global Export Company
Brio Group
Cinema Store
Xon Films
Design Studio
Ahmad Oltin Jo‘ja
Fayz milliy taomlar tarmog‘i
Tasnif Group
Makiz Baraka