Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya armiyasi Kudiyevka va Pershomaryevkani ozod qildi

© RIA NovostiBoyevaya rabota rascheta ustanovki RSZO "Uragan". Arxivnoe foto
Boyevaya rabota rascheta ustanovki RSZO Uragan. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatidagi Kudiyevka va DXRdagi Pershomarovkani ozod qildi, shuningdek, Dobropolyeda Ukraina Milliy gvardiyasining dronlarni boshqarish punktiga zarba berdi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. “Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari hujum harakatlari natijasida Xarkov viloyatidagi Kudiyevka aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Janub” qo‘shinlari guruhi esa Donesk Xalq Respublikasidagi Pershomaryevka aholi punktini ozod qildi.
Shuningdek, Rossiya aviatsiyasi Dobropolyeda Ukraina Milliy gvardiyasining 15-alohida maxsus brigadasi dronlarini boshqarish punktiga zarba berdi.
Buning uchun rejalashtirish va yo‘nalishni tuzatish modullari bilan jihozlangan to‘rtta FAB-500 aviabombasi qo‘llanilgan. Mudofaa vazirligi nishon yo‘q qilinganini ma’lum qildi va zarba tasvirlarini e’lon qildi.
Bundan tashqari, operativ-taktik aviatsiya, zarbdor dronlar, raketa qo‘shinlari va artilleriya Ukraina Qurolli Kuchlari ehtiyojlari uchun foydalanilayotgan yoqilg‘i-energetika va transport infratuzilmasi obyektlariga zarba berdi.
Uzoq masofali dronlar va ekipajsiz katerlarni yig‘ish hamda saqlash joylari, shuningdek, Ukraina harbiy bo‘linmalari va xorijiy yollanma askarlar joylashgan punktlar ham nishonga olindi. Zarbalar jami 159 ta hududda amalga oshirilgan.
Boyevaya rabota rascheta BPLA BM-70 gruppirovki voysk Sentr na Dobropolskom napravlenii SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi DXRdagi Novonikolayevkani ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0