https://oz.sputniknews.uz/20260815/ozbekistonning-rossiya-mintaqalariga-biznes-missiyasi-natijalari-59720173.html
O‘zbekistonning Rossiya mintaqalariga biznes missiyasi natijalari — video
O‘zbekistonning Rossiya mintaqalariga biznes missiyasi natijalari — video
Sputnik O‘zbekiston
Biznes missiya davomida 170 mln dollarlik shartnomalar imzolangan va ayrim loyihalarni allaqachon amalga oshirish boshlangan. 15.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-15T12:36+0500
2026-08-15T12:36+0500
2026-08-15T12:36+0500
video
iqtisod
biznes
o‘zbekiston - rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0f/59719988_44:0:1848:1015_1920x0_80_0_0_2f00a0be875e52bb1cc1a368591d2019.jpg
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘tgan hafta 100 dan ortiq O‘zbekistonlik tadbirkorlar Tatariston, Boshqirdiston va Samara viloyatiga tashrif buyurishdi. Biznes missiyasining dastlabki natijalari va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari Sputnik matbuot markazida muhokama qilindi.Rivojlanishi mumkin bo‘lgan sohalardan biri bu Rossiya bozoriga o‘zbek mahsulotlarini yetkazib berishdir. Masalan, konservalangan palov uzoq saqlash muddati va tashish qulayligi tufayli rossiyalik iste’molchilar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin.O‘zbekistondagi Rossiya savdo missiyasida Boshqirdiston vakili Albert Shayxutdinovning ta’kidlashicha, ushbu formatga qiziqish Rossiyada o‘zbek oshxonasining mashhurligi va tayyor ovqatlarga talabning ortib borishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.O‘zbekiston sabzavot, meva, quritilgan mevalar va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini, Boshqirdiston esa o‘simlik yog‘i, go‘sht, sut mahsulotlari, don va ozuqani yetkazib berishni ko‘paytirishi mumkin.Shayxutdinovning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralardan amalga oshirishga o‘tgan aniq qo‘shma loyihalar allaqachon mavjud. Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Boshqirdiston sanoat parki qurilmoqda. Boshqirdistondagi "Alga" maxsus iqtisodiy zonasida maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha "Premyer Elestrotex" zavodi rejalashtirilgan. O‘z navbatida, agrosanoat sohasida Toshkent viloyati chorvachilik majmuasi Boshqirdistonning Iglin tumanida ochilyapti.Aynan shu uchta loyiha tovar aylanmasini oshirish bo‘yicha ulkan rejalarimizni ro‘yobga chiqarishni boshladi.Albatta, savdo uyining ochilishi hisobiga amalda bu ko‘rsatkich yanada oshadi.Shuningdek, Boshqirdiston vakili o‘zbekistonlik hamkorlarining ishonchi uchun minnatdorlik bildirdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0f/59719988_269:0:1622:1015_1920x0_80_0_0_cf3e4e745743710e7128025e7a5b3361.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, iqtisod, biznes, o‘zbekiston - rossiya, video
video, iqtisod, biznes, o‘zbekiston - rossiya, video
O‘zbekistonning Rossiya mintaqalariga biznes missiyasi natijalari — video
Eksklyuziv
Biznes missiya davomida 170 mln dollarlik shartnomalar imzolangan va ayrim loyihalarni allaqachon amalga oshirish boshlangan.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘tgan hafta 100 dan ortiq O‘zbekistonlik tadbirkorlar Tatariston, Boshqirdiston va Samara viloyatiga tashrif buyurishdi. Biznes missiyasining dastlabki natijalari va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari Sputnik matbuot markazida muhokama qilindi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Eksportga ko‘maklashish va sertifikatlash departamenti boshlig‘i Otabek Axmatovning so‘zlariga ko‘ra, biznes missiyasidan so‘ng umumiy qiymati 170 million dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan.
Rivojlanishi mumkin bo‘lgan sohalardan biri bu Rossiya bozoriga o‘zbek mahsulotlarini yetkazib berishdir. Masalan, konservalangan palov uzoq saqlash muddati va tashish qulayligi tufayli rossiyalik iste’molchilar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistondagi Rossiya savdo missiyasida Boshqirdiston vakili Albert Shayxutdinovning ta’kidlashicha, ushbu formatga qiziqish Rossiyada o‘zbek oshxonasining mashhurligi va tayyor ovqatlarga talabning ortib borishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston sabzavot, meva, quritilgan mevalar va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini, Boshqirdiston esa o‘simlik yog‘i, go‘sht, sut mahsulotlari, don va ozuqani yetkazib berishni ko‘paytirishi mumkin.
Shayxutdinovning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralardan amalga oshirishga o‘tgan aniq qo‘shma loyihalar allaqachon mavjud. Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Boshqirdiston sanoat parki qurilmoqda. Boshqirdistondagi "Alga" maxsus iqtisodiy zonasida maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha "Premyer Elestrotex" zavodi rejalashtirilgan.
O‘z navbatida, agrosanoat sohasida Toshkent viloyati chorvachilik majmuasi Boshqirdistonning Iglin tumanida ochilyapti.
Aynan shu uchta loyiha tovar aylanmasini oshirish bo‘yicha ulkan rejalarimizni ro‘yobga chiqarishni boshladi.
Albatta, savdo uyining ochilishi hisobiga amalda bu ko‘rsatkich yanada oshadi.
Chunki, bizning vazifamiz – biznes bilan biznesning har bir uchrashuvi amaliy natijaga olib chiqilishi, ya’ni suhbatlar shartnomaga, mahalliylashtirishga va aniq loyihalarga aylanishini ta’minlashdir. Biz bu yo‘lda izchil harakat qilyapmiz, dedi Shayxutdinov.
Shuningdek, Boshqirdiston vakili o‘zbekistonlik hamkorlarining ishonchi uchun minnatdorlik bildirdi.