https://oz.sputniknews.uz/20260815/evropa-suyultirilgan-tabiiy-gazdan-rossiya-gaziga-otmoqda-59725142.html
Yevropa suyultirilgan gazdan Rossiya tabiiy gaziga o‘tmoqda
Yevropa suyultirilgan gazdan Rossiya tabiiy gaziga o‘tmoqda
Sputnik O‘zbekiston
YeI "Turk oqimi" orqali sotib olayotgan tabiiy gaz hajmi o‘smoqda, bir vaqtning o‘zida harid qilinayotgan suyultirilgan gaz hajmi kamaymoqda. 15.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-15T17:51+0500
2026-08-15T17:51+0500
2026-08-15T19:00+0500
yevropa
yevropa ittifoqi
gaz quvuri
gaz
turk oqimi
rossiya
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/148/31/1483108_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_bea4d2b8854f579fbf15e37a9fd1205d.jpg
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Yevropa Ittifoqi avgust oyning boshida global bozorda xarid qilayotgan suyultirilgan gaz hajmini so‘nggi ikki yilda kuzatilgan eng past darajaga tushirdi. Bir vaqtning o‘zida "Turk oqimi" orqali yetkazib berilayotgan Rossiya tabiiy gazini xarid qilish eng yuqori darajaga yetdi. Bu haqida, statistik ma’lumotlarga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.Bir vaqtning o‘zida, Gas Infrastructure Europe ma’lumotlariga ko‘ra, 1-avgustdan 12-avgustgacha Yevropa Ittifoqi suyultirilgan gaz terminallariga gaz yetkazib berish hajmi 3,2 milliard kubometrni tashkil etgan. Bu oylik 3,7 % va yillik 12,6 % pasayishni anglatadi. Yanvar oyida Yevropa Ittifoqi Kengashi Rossiya energiya importini bosqichma-bosqich bekor qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Uzoq muddatli suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishga taqiq 1-yanvardan, quvur orqali gaz yetkazib berishga taqiq esa 2027-yil 1-noyabrdan kuchga kiradi. Qisqa muddatli shartnomalar allaqachon taqiqlangan.2025 yil 1-yanvarda Ukraina orqali Rossiya gaz tranziti to‘xtatilgandan so‘ng, "Turk Oqimi" Rossiyadan Yevropaga yagona gaz yetkazib berish yo‘nalishiga aylandi. 2025-yil oxirida "Turk oqimi" orqali yetkazib berilgan gaz rekord daraja — 18 milliard kubometrdan oshdi.Moskva G‘arb Rossiya energiya resurslarini sotib olishdan bosh tortib, jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganini ko‘p marta ta’kidlagan: bu Yevropani yoqilg‘ini yanada yuqori narxlarda xarid qilishga majburlaydi. Oxir oqibat YeI baribir Rossiya gazini sotib olishga majbur bo‘lmoqda, faqat endi vositachilar orqali va qimmatroq narxga.
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/148/31/1483108_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_394dbd9fcb0c2c676a9e56ddf8416e40.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevropa, yevropa ittifoqi, gaz quvuri, gaz, turk oqimi, rossiya, iqtisod
yevropa, yevropa ittifoqi, gaz quvuri, gaz, turk oqimi, rossiya, iqtisod
Yevropa suyultirilgan gazdan Rossiya tabiiy gaziga o‘tmoqda
17:51 15.08.2026 (yangilandi: 19:00 15.08.2026) YeI "Turk oqimi" orqali sotib olayotgan tabiiy gaz hajmi o‘smoqda, bir vaqtning o‘zida harid qilinayotgan suyultirilgan gaz hajmi kamaymoqda.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Yevropa Ittifoqi avgust oyning boshida global bozorda xarid qilayotgan suyultirilgan gaz hajmini so‘nggi ikki yilda kuzatilgan eng past darajaga tushirdi.
Bir vaqtning o‘zida "Turk oqimi" orqali yetkazib berilayotgan Rossiya tabiiy gazini xarid qilish eng yuqori darajaga yetdi. Bu haqida, statistik ma’lumotlarga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
Bugungi kunda Bolgariya-Turkiya chegarasidagi "Stranja-2 — Malkochlar" o‘tish joyi orqali yetkazib berish oyiga 7%, yillik o‘lchamda 5% o‘sib, 609,2 million kubometrga yetdi, deb xabar beradi ENTSOG ma’lumotlari.
Bir vaqtning o‘zida, Gas Infrastructure Europe ma’lumotlariga ko‘ra, 1-avgustdan 12-avgustgacha Yevropa Ittifoqi suyultirilgan gaz terminallariga gaz yetkazib berish hajmi 3,2 milliard kubometrni tashkil etgan. Bu oylik 3,7 % va yillik 12,6 % pasayishni anglatadi.
Yanvar oyida Yevropa Ittifoqi Kengashi Rossiya energiya importini bosqichma-bosqich bekor qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Uzoq muddatli suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishga taqiq 1-yanvardan, quvur orqali gaz yetkazib berishga taqiq esa 2027-yil 1-noyabrdan kuchga kiradi. Qisqa muddatli shartnomalar allaqachon taqiqlangan.
2025 yil 1-yanvarda Ukraina orqali Rossiya gaz tranziti to‘xtatilgandan so‘ng, "Turk Oqimi" Rossiyadan Yevropaga yagona gaz yetkazib berish yo‘nalishiga aylandi. 2025-yil oxirida "Turk oqimi" orqali yetkazib berilgan gaz rekord daraja — 18 milliard kubometrdan oshdi.
Moskva G‘arb Rossiya energiya resurslarini sotib olishdan bosh tortib, jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganini ko‘p marta ta’kidlagan: bu Yevropani yoqilg‘ini yanada yuqori narxlarda xarid qilishga majburlaydi. Oxir oqibat YeI baribir Rossiya gazini sotib olishga majbur bo‘lmoqda, faqat endi vositachilar orqali va qimmatroq narxga.