https://oz.sputniknews.uz/20260814/yoqilgi-energetika-59688079.html
“Barqaror ta’minlash”: Yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishlar tizimli tashkil etiladi
“Barqaror ta’minlash”: Yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishlar tizimli tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Barcha hududlarda ishlar “mahallabay” tashkil etiladi, aniqlangan muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etish qilinadi. 14.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-14T09:29+0500
2026-08-14T09:29+0500
2026-08-14T09:29+0500
jamiyat
o‘zbekiston
energetika
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0e/59688329_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_8d1ff14b2da3db4a9d385186f41f781e.jpg
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Yangiyo‘l tajribasi” asosida hududlarda iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish, tarmoqlardagi yo‘qotishlar va debitorlik qarzdorlikni keskin kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.Avvalroq ushbu tajriba asosida har bir hududdan bittadan tanlab olingan 14 ta tumanda namunaviy tizim yaratish vazifasi qo‘yilgan edi. Shu maqsadda ishlar “mahallabay” tashkil etilib, energetika sohasidagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va manzilli choralar ko‘rish yo‘lga qo‘yildi.Ta’kidlanishicha, bu 916 ta mahalla, 832 mingta xonadon, 49 mingta tadbirkorlik subyekti va 2,2 mingdan ortiq ijtimoiy soha obyektini qamrab oldi. Har bir mahalla bo‘yicha energetik pasport va energiya resurslariga talab balansi shakllantirildi.Natijada ilk bor mahallalar kesimida mavjud talab va imkoniyat o‘rtasidagi tafovut aniq hisob-kitob qilindi.Bunday yondashuv kelgusida energiya resurslariga bo‘lgan talabni oldindan hisoblash va zarur infratuzilmani o‘z vaqtida tayyorlash imkonini beradi.Shu asosda elektr va gaz tarmoqlarini yangilash ishlari jadallashtirildi. Avvalgi yillarda investitsiya dasturlari doirasida boshlangan, biroq yakuniga yetkazilmagan obyektlarning bir qismi ham foydalanishga topshirildi.Ijtimoiy soha obyektlaridagi energiya iste’moli ham o‘rganildi. Jami 1 ming 938 ta obyektning energiya sarfi tahlil qilinib, samaradorligi past bo‘lgan 226 tasi “qizil” toifaga kiritildi. Ularni energiya samarador tizimga o‘tkazish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, amaliy ishlar boshlandi.Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yiliga 4,3 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 2,1 million kub metr tabiiy gazni tejash imkoniyati yaratiladi.Davlat rahbari 14 ta tumanda qo‘llangan mazkur yondashuv bilan cheklanib qolmasdan, uni respublikaning barcha tumanlarida joriy etish zarurligini ta’kidladi.Barcha hududlarda ishlarni “mahallabay” tashkil etish, energetik pasportlar va energiya iste’moli balansini shakllantirish, tarmoqlarning holatini manzilli o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.Maqsad – energetika sohasida “muammo paydo bo‘lgandan keyin uni bartaraf etish” amaliyotidan “muammoni oldindan aniqlash, zarur choralarni rejalashtirish va uning oldini olish” tizimiga o‘tish.Yig‘ilishda Samarqand viloyati hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xorijiy investorlarga berish hamda “Surxon – Puli-Xumri” yuqori kuchlanishli tarmog‘ini barpo etish loyihalarini jadallashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260811/mirziyoev-neft-gaz-topshiriq-59629627.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0e/59688329_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_940aaf91f392a6ca124eaf7d333f49d5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, energetika, shavkat mirziyoyev
jamiyat, o‘zbekiston, energetika, shavkat mirziyoyev
“Barqaror ta’minlash”: Yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishlar tizimli tashkil etiladi
Barcha hududlarda ishlar “mahallabay” tashkil etiladi, aniqlangan muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etish qilinadi.
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Yangiyo‘l tajribasi” asosida hududlarda iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish, tarmoqlardagi yo‘qotishlar va debitorlik qarzdorlikni keskin kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
axborot berildi. Avvalroq ushbu tajriba asosida har bir hududdan bittadan tanlab olingan 14 ta tumanda namunaviy tizim yaratish vazifasi qo‘yilgan edi. Shu maqsadda ishlar “mahallabay” tashkil etilib, energetika sohasidagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va manzilli choralar ko‘rish yo‘lga qo‘yildi.
Ta’kidlanishicha, bu 916 ta mahalla, 832 mingta xonadon, 49 mingta tadbirkorlik subyekti va 2,2 mingdan ortiq ijtimoiy soha obyektini qamrab oldi. Har bir mahalla bo‘yicha energetik pasport va energiya resurslariga talab balansi shakllantirildi.
Natijada ilk bor mahallalar kesimida mavjud talab va imkoniyat o‘rtasidagi tafovut aniq hisob-kitob qilindi.
Bunday yondashuv kelgusida energiya resurslariga bo‘lgan talabni oldindan hisoblash va zarur infratuzilmani o‘z vaqtida tayyorlash imkonini beradi.
Shu asosda elektr va gaz tarmoqlarini yangilash ishlari jadallashtirildi. Avvalgi yillarda investitsiya dasturlari doirasida boshlangan, biroq yakuniga yetkazilmagan obyektlarning bir qismi ham foydalanishga topshirildi.
Ijtimoiy soha obyektlaridagi energiya iste’moli ham o‘rganildi. Jami 1 ming 938 ta obyektning energiya sarfi tahlil qilinib, samaradorligi past bo‘lgan 226 tasi “qizil” toifaga kiritildi. Ularni energiya samarador tizimga o‘tkazish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, amaliy ishlar boshlandi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yiliga 4,3 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 2,1 million kub metr tabiiy gazni tejash imkoniyati yaratiladi.
Davlat rahbari 14 ta tumanda qo‘llangan mazkur yondashuv bilan cheklanib qolmasdan, uni respublikaning barcha tumanlarida joriy etish zarurligini ta’kidladi.
Barcha hududlarda ishlarni “mahallabay” tashkil etish, energetik pasportlar va energiya iste’moli balansini shakllantirish, tarmoqlarning holatini manzilli o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Maqsad – energetika sohasida “muammo paydo bo‘lgandan keyin uni bartaraf etish” amaliyotidan “muammoni oldindan aniqlash, zarur choralarni rejalashtirish va uning oldini olish” tizimiga o‘tish.
Yig‘ilishda Samarqand viloyati hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xorijiy investorlarga berish hamda “Surxon – Puli-Xumri” yuqori kuchlanishli tarmog‘ini barpo etish loyihalarini jadallashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.