Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Birka, chip va elektron baza: hayvonlarni hisobga olishning yangi tizimi qanday ishlaydi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Qoramol, qo‘y, echki va tuyalarni identifikatsiya qilish va ro‘yxatga olish jarayonida ularga maxsus birka taqiladi.
O‘zbekistonda hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatishning yangi tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida ushbu tizimga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi huzuridagi Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish markazi bo‘lim boshlig‘i G‘ayrat Qo‘ziboyev ishtirok etdi.

Mutaxassisning ma’lum qilishicha, mamlakatda tizimni joriy etishda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston tajribasi o‘rganilgan.

Bugungi kunda qoramol, qo‘y, echki va tuyalarga maxsus birkalar taqilsa, it, mushuk va otlarni identifikatsiya qilishda mikrochiplardan foydalaniladi. Hayvon haqidagi ma’lumotlar elektron axborot bazasiga kiritiladi.

Identifikatsiya jarayoni hozircha bepul amalga oshirilmoqda. Bugunga qadar elektron bazaga 3,8 mln boshga yaqin chorva hayvoni haqida ma’lumot kiritilgan.

Tizim hayvonlarni hisobga olish bilan birga, chorva egalari uchun davlat subsidiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Jumladan, belgilangan talablarga javob beradigan nasldor buzoq uchun 5,5 mln so‘mgacha subsidiya olish imkoniyati mavjud.

Matbuot anjumani davomida hayvonlarga pasport beriladimi, identifikatsiya qanday amalga oshiriladi va tizim hayvon egalariga qanday imkoniyatlar yaratadi degan savollarga javob berildi.

Shuningdek, veterinariya sohasida kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish, vaksina va laboratoriya tekshiruvlari bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Xususan, O‘zbekistonning Rossiya va Belarus bilan ta’lim sohasidagi hamkorligi doirasida talabalarning bir qism ta’limini ushbu davlatlarda davom ettirish imkoniyati yaratilgan. Bunday hamkorlik hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimini takomillashtirish bilan birga, O‘zbekiston chorvachilik mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Batafsil - Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0