Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Savdodan sun’iy intellektgacha: YeOII Tailand bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

© Press-slujba YeEKPredsedatel Kollegii YeEK Bakitjan Sagintayev provel vstrechu s ministrom inostrannix del Korolevstva Tailand Sixasakom Pxuangketkeou.
Predsedatel Kollegii YeEK Bakitjan Sagintayev provel vstrechu s ministrom inostrannix del Korolevstva Tailand Sixasakom Pxuangketkeou.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2026
Obuna bo‘lish
Yanvar-may oylarida YeOII mamlakatlarining Tailand bilan tovar aylanmasi 1 mlrd dollardan oshdi.
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev Tailand bosh vazirining o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Sixasak Pxuangketkeou bilan uchrashdi.
Tomonlar 2018-yilda imzolangan YeIK va Tailand hukumati o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
“2026 yilda savdo-sotiqimiz rivojida ijobiy dinamika saqlanib qolmoqda. Yanvar-may oylarida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining Tailand bilan tovar aylanmasi 1 mlrd dollardan oshdi, bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 20 foizga ko‘pdir”, - dedi Sagintayev.
Tomonlar YeOII va Tailand o‘rtasidagi raqamlashtirish, transport va logistika, yashil energetika sohalaridagi hamkorlikning yuqori salohiyatini qayd etdi Tailand Janubi-Sharqiy Osiyoning yetakchi raqamli markazlaridan biri hisoblanadi.
YeOIIda ham ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, jumladan, 2026-yil may oyida Ostona shahrida Yevroosiyo "beshligi" davlatlari prezidentlari tomonidan qabul qilingan Sun’iy intellektni mas’uliyatli rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot doirasida.
Bakitjan Sagintayev va Sixasak Pxuangketkeou ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladilar.
Ta’kidlanishicha, muloqotning muhim o‘lchovi ASEAN kabi ko‘p tomonlama xalqaro maydonlarda hamkorlik qilishdir. Bu ish mintaqalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning eng yaxlit va amaliy kun tartibini shakllantirishga imkon beradi.
Uchrashuv yakunida rejalashtirilgan qo‘shma iqtisodiy tashabbuslarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
YeEK i pravitelstvo Malayzii obsudili perspektivnie napravleniya sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeIK va Malayziya hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashi mumkin
Yangiliklar lentasi
0