Qo‘shni davlat energetika tizimida yuz bergan avariya O‘zbekistonga ta’sir qildi

© Unsplash / Nikola Johnny MirkovicLiniya elektroperedach. Arxivnoe foto
Liniya elektroperedach. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2026
Obuna bo‘lish
Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarning elektr ta’minotida uzilish kuzatildi.
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Surxondaryo viloyati va respublikaning ayrim hududlarida avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi oqibatida elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar kuzatildi. Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” xabar qildi.
Qayd etilishicha, ayni paytda tarmoqlarga navbatma-navbat kuchlanish berilmoqda, kompaniya mutaxassislari hozirda yuzaga kelgan nosozlik sabablarini aniqlash va uning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Tarmoqlarga navbatma-navbat kuchlanish berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Energetika vazirligiga ko‘ra, qo‘shni mamlakatning energetika tizimida yuz bergan avariya Markaziy Osiyo energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatdi.

Natijada Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarning elektr ta’minotida uzilish kuzatildi.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Surxondaryo viloyatining elektr ta’minoti 80 foizga tiklandi.
Hozir qolgan hududlarda ham elektr ta’minotini to‘liq tiklash ishlari olib borilmoqda.
Qo‘shni davlatlar OAV Bishkek, Olmaota va Dushanbe shaharlarida ham elektr ta’minotida ommaviy uzilishlar kuzatilgani haqida yozmoqda.
Yangiliklar lentasi
0