Tarixiy janglar va ko‘chmanchilar: Vengriyadagi turkiylar Qurultoyida kimlar qatnashadi
Tarixiy janglar va ko‘chmanchilar: Vengriyadagi turkiylar Qurultoyida kimlar qatnashadi
Sputnik O‘zbekiston
Vengriyada 14–16 avgust kunlari hun va turkiy xalqlar Qurultoyi o‘tadi. 27 xalq vakillari ishtirokida otliq musobaqalar, uloq, kamonchilik, o‘tovlar va hunarmandchilik ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Vengriyada 14–16 avgust kunlari hun va turkiy xalqlarning yirik Qurultoyi bo‘lib o‘tadi. Bugas dashtida otliqlar va kamonchilar chiqishlari, ko‘kpar, kurash, lochinbozlik, tarixiy janglar hamda ko‘chmanchilar turmushini aks ettiruvchi dasturlar tashkil etiladi. Qurultoyda 27 xalq va etnik guruh vakillari qatnashishi rejalashtirilgan. Ular orasida o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, turklar, turkmanlar, ozarbayjonlar, qoraqalpoqlar, tatarlar, boshqirdlar, gagauzlar, no‘g‘aylar, uyg‘urlar, yoqutlar, mo‘g‘ullar va boshqalar bor. Vengrlar tadbir mezboni hisoblanadi.Dasturda ko‘chmanchi xalqlar tarixi va harbiy an’analariga katta o‘rin berilgan. Otlar, tuyalar va aravalar ishtirokida ko‘chmanchilar yurishi, hun, avar va qadimgi madar jangchilari libosidagi otliq va piyoda qo‘shinlar namoyishi, tarixiy jang rekonstruksiyalari o‘tkaziladi. Qurultoy maydonida katta o‘tovlar qurilib, ko‘chmanchilarning an’anaviy turmush tarzi namoyish etiladi. Arxeologik va antropologik ko‘rgazmalarda Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston va Karpat havzasiga oid tarixiy topilmalar hamda qadimiy qurollarning rekonstruksiyalari ko‘rsatiladi.O‘zbekiston tadbirda hunarmandchilik mahsulotlari bilan ham ishtirok etadi. "Sharq bozori"da O‘zbekiston, Qozog‘iston va Mo‘g‘uliston xalq amaliy san’ati namunalari namoyish qilinadi. Rasmiy dasturda, shuningdek, O‘zbekistondan xonanda va raqqoslarning chiqishi ham ko‘rsatilgan.
Vengriyadagi Qurultoyda 27 xalq vakillari, otliqlar, kamonchilar va ko‘chmanchilar an’analari jam bo‘ladi. O‘zbekiston ham tadbir ishtirokchilari qatorida.
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Vengriyada 14–16 avgust kunlari hun va turkiy xalqlarning yirik Qurultoyi bo‘lib o‘tadi. Bugas dashtida otliqlar va kamonchilar chiqishlari, ko‘kpar, kurash, lochinbozlik, tarixiy janglar hamda ko‘chmanchilar turmushini aks ettiruvchi dasturlar tashkil etiladi.
Qurultoyda 27 xalq va etnik guruh vakillari qatnashishi rejalashtirilgan. Ular orasida o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, turklar, turkmanlar, ozarbayjonlar, qoraqalpoqlar, tatarlar, boshqirdlar, gagauzlar, no‘g‘aylar, uyg‘urlar, yoqutlar, mo‘g‘ullar va boshqalar bor. Vengrlar tadbir mezboni hisoblanadi.
Dasturda ko‘chmanchi xalqlar tarixi va harbiy an’analariga katta o‘rin berilgan. Otlar, tuyalar va aravalar ishtirokida ko‘chmanchilar yurishi, hun, avar va qadimgi madar jangchilari libosidagi otliq va piyoda qo‘shinlar namoyishi, tarixiy jang rekonstruksiyalari o‘tkaziladi.
Shuningdek, ot ustida kamondan o‘q otish, otliq kurash, qilichbozlik, lochin va burgut bilan ov qilish namoyishlari rejalashtirilgan.
Qurultoy maydonida katta o‘tovlar qurilib, ko‘chmanchilarning an’anaviy turmush tarzi namoyish etiladi. Arxeologik va antropologik ko‘rgazmalarda Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston va Karpat havzasiga oid tarixiy topilmalar hamda qadimiy qurollarning rekonstruksiyalari ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston tadbirda hunarmandchilik mahsulotlari bilan ham ishtirok etadi. "Sharq bozori"da O‘zbekiston, Qozog‘iston va Mo‘g‘uliston xalq amaliy san’ati namunalari namoyish qilinadi. Rasmiy dasturda, shuningdek, O‘zbekistondan xonanda va raqqoslarning chiqishi ham ko‘rsatilgan.
Qurultoy Vengriyada 2008-yildan o‘tkazib kelinadi. Tashkilotchilar uni Vengriya hamda Markaziy Osiyo, Kavkaz va Anadolu xalqlarining dasht va otliq madaniyati bilan tarixiy aloqalarini namoyish etuvchi tadbir sifatida taqdim etadi.