Yetti oyda O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh kelgan top-5 davlat

Obuna bo‘lish
Faqat iyul oyining o‘zida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda qariyb 1,2 mln xorijlik keldi. Yetti oylik ko‘rsatkich esa 7,7 milliondan oshdi
O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar–iyul oylarida turistik maqsadlarda 7 749 308 nafar xorijiy fuqaro keldi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 mln nafarga yoki 22,6 foizga ko‘p, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Yanvar–iyun oylarida bu ko‘rsatkich 6 565 410 nafarni tashkil etgan edi. Demak, faqat iyul oyining o‘zida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 1 183 898 nafar xorijlik kelgan.
Yetti oyda O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan kelgan. Keyingi o‘rinlarni Rossiya va Afg‘oniston egallagan.
Shu tariqa, birinchi beshlikdagi to‘rt davlat O‘zbekiston bilan chegaradosh. Chegaradosh bo‘lmagan davlatlar orasida esa Rossiya sayyohlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.
Undan keyin Xitoy, Turkmaniston, Turkiya, Hindiston va Koreya Respublikasi qayd etilgan.
Qaysi davlatdan qancha sayyoh kelgani haqida batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0