https://oz.sputniknews.uz/20260811/suv-xojalik-tajriba-almashish-59616386.html
Markaziy Osiyo suv xo‘jaligi mutaxassislari Toshkentda tajriba almashmoqda
Markaziy Osiyo suv xo‘jaligi mutaxassislari Toshkentda tajriba almashmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi uch kunlik treningda Markaziy Osiyoning besh mamlakati mutaxassislari tomchilatib, yomg‘irlatib va tuproq ostidan sug‘orish texnologiyalari, “Tomchi” raqamli tizimi hamda meteoma’lumotlar asosida suv boshqaruvini o‘rganmoqda.
2026-08-11T10:36+0500
2026-08-11T10:36+0500
2026-08-11T10:36+0500
suv
raqamli texnologiyalar
suv xo‘jaligi vazirligi
qishloq xo‘jaligi
o‘zbekiston
jamiyat
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59615936_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_92ab4d5fcc06cf71f882269ee0fcea5e.jpg
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkentda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston suv xo‘jaligi mutaxassislari ishtirokida uch kunlik mintaqaviy trening boshlandi. Bu haqda Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Treningda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari va sohadagi raqamli yechimlarni amaliyotga joriy etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.Treningning alohida qismi raqamlashtirishga bag‘ishlangan. Mutaxassislarga suv iste’molchilari uchun mo‘ljallangan “Tomchi” mobil ilovasi, “Tomchi” yagona elektron reyestri va boshqa raqamli vositalar taqdim etiladi.Amaliy mashg‘ulotlarda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish, suvni tejaydigan egatlab hamda tuproq ostidan sug‘orish tizimlarini tanlash, loyihalash, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish o‘rgatiladi. Shuningdek, nasos stansiyalari, filtrlar, quvurlar, fitinglar va tomizgichlarning ishlash prinsiplari ko‘rsatiladi.Suv xo‘jaligi maktabining tajriba maydonchasida ishtirokchilar meteostansiyalar ma’lumotlari asosida sug‘orish rejimini belgilash va ekin ehtiyojiga qarab suv yetkazib berishni boshqarish usullarini amalda ko‘radi.Trening yakunida ishtirokchilar test sinovidan o‘tadi, ularning amaliy bilim va ko‘nikmalari baholanib, sertifikatlar topshiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260725/rossiya-ozbekistonga-suv-strategiyasini-ishlab-chiqishda-qanday-yordam-bermoqda-59274369.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59615936_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_9a0cc7002c6f84f99b7ec53b5f39561d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
suv, raqamli texnologiyalar, suv xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi, o‘zbekiston, jamiyat, toshkent
suv, raqamli texnologiyalar, suv xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi, o‘zbekiston, jamiyat, toshkent
Markaziy Osiyo suv xo‘jaligi mutaxassislari Toshkentda tajriba almashmoqda
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston mutaxassislariga zamonaviy sug‘orish tizimlari va raqamli yechimlar amalda ko‘rsatilmoqda.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkentda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston suv xo‘jaligi mutaxassislari ishtirokida uch kunlik mintaqaviy trening boshlandi. Bu haqda Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Treningda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari va sohadagi raqamli yechimlarni amaliyotga joriy etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Ishtirokchilar O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun amal qilayotgan moliyaviy va huquqiy mexanizmlar, jumladan, subsidiya va imtiyozli kreditlash tartibi bilan tanishadi.
Treningning alohida qismi raqamlashtirishga bag‘ishlangan. Mutaxassislarga suv iste’molchilari uchun mo‘ljallangan “Tomchi” mobil ilovasi, “Tomchi” yagona elektron reyestri va boshqa raqamli vositalar taqdim etiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish, suvni tejaydigan egatlab hamda tuproq ostidan sug‘orish tizimlarini tanlash, loyihalash, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish o‘rgatiladi. Shuningdek, nasos stansiyalari, filtrlar, quvurlar, fitinglar va tomizgichlarning ishlash prinsiplari ko‘rsatiladi.
Suv xo‘jaligi maktabining tajriba maydonchasida ishtirokchilar meteostansiyalar ma’lumotlari asosida sug‘orish rejimini belgilash va ekin ehtiyojiga qarab suv yetkazib berishni boshqarish usullarini amalda ko‘radi.
Dasturda “Debut” (“Agrodrip”) korxonasiga tashrif ham rejalashtirilgan. U yerda suv tejovchi sug‘orish tizimlari elementlarini ishlab chiqarish, komplektlash va loyihalash jarayonlari namoyish etiladi.
Trening yakunida ishtirokchilar test sinovidan o‘tadi, ularning amaliy bilim va ko‘nikmalari baholanib, sertifikatlar topshiriladi.