Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Anons: "Sputnik"da hayvonlarni hisobga olishning yangi tizimi muhokama qilinadi

© Depositphotos / SanddebeautheilZolotistiy retriver i koshka
Zolotistiy retriver i koshka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2026
Obuna bo‘lish
Mutaxassis yangi qonun qanday ishlashi, qaysi hayvonlar majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi va egalar zimmasiga qanday talablar yuklanishini tushuntiradi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatishning yangi tizimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 13-avgust kuni soat 12:00 da Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi huzuridagi Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish markazi bo‘lim boshlig‘i G‘ayrat Qo‘ziboyev ishtirokida o‘tkaziladi.
2026 yil 7-avgustdan “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. U mamlakatda qishloq xo‘jaligi hayvonlarini hisobga olishning yagona tizimini joriy etadi hamda ularni identifikatsiya qilish va ro‘yxatga olish tartibini belgilaydi.
Matbuot anjumanida yangi tizim qanday ishlashi, qaysi hayvonlar majburiy identifikatsiya qilinishi, ularning egalari zimmasiga qanday majburiyatlar yuklanishi va belgilangan talablarni buzganlik uchun qanday javobgarlik nazarda tutilgani haqida ma’lumot beriladi.
Shuningdek, qonunni amalda qo‘llash, hayvonlar hisobini raqamlashtirish, veterinariya xavfsizligini ta’minlash va kasalliklarning oldini olish masalalari muhokama qilinadi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev
Yangiliklar lentasi
0