O‘zbekistonning oltin zaxiralari qiymati 56,1 mlrd dollarga yetdi

Obuna bo‘lish
Oltinning jismoniy hajmi biroz kamaygan bo‘lsa-da, uning zaxiralardagi qiymati 56,1 mlrd dollarga yetdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 64,347 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu bir oy avvalgiga nisbatan 589,75 mln dollar yoki 0,9 foizga ko‘p.
O‘sishning asosiy qismi oltin hisobiga to‘g‘ri keldi. Uning zaxiralardagi qiymati bir oyda 55,757 mlrd dollardan 56,122 mlrd dollarga — qariyb 365,3 mln dollarga oshdi.
Shu bilan birga, oltinning jismoniy hajmi aksincha, 13,89 milliondan 13,8 million troy unsiyaga kamaygan. Bu oltin qiymatining o‘sishida jahon bozoridagi narx omili muhim rol o‘ynaganini ko‘rsatadi.
Zaxiralar o‘sishi faqat oltin bilan bog‘liq emas. Xorijiy valyuta zaxiralari ham 7,443 mlrd dollardan 7,652 mlrd dollarga, ya’ni qariyb 209 mln dollarga ko‘paydi.
Hozir oltin O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining 87,2 foizini tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0