https://oz.sputniknews.uz/20260810/ukraine-patriot-litsenziya-59601700.html
Ukrainaga "Patriot" litsenziyasi: AQSh texnologiyalar “qora bozor”ga tushishidan xavotirda
Ukrainaga "Patriot" litsenziyasi: AQSh texnologiyalar “qora bozor”ga tushishidan xavotirda
Sputnik O‘zbekiston
Vashington Ukrainaga Patriot ishlab chiqarish litsenziyasini berishni muhokama qilmoqda. Ammo AQSh kompaniyalari texnologiyalar xavfsizligidan xavotirda, yangi ishlab chiqarish esa tez natija bermaydi.
2026-08-10T13:49+0500
2026-08-10T13:49+0500
2026-08-10T13:49+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
patriot
havo mudofaa tizimi
ukraina
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1444/38/14443841_0:0:2859:1608_1920x0_80_0_0_819e4553084b6eec8f0c1b5f70cc710a.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. AQSh Ukrainaga "Patriot" raketalarini ishlab chiqarish litsenziyasini berish masalasida texnologiyalarning nazoratdan chiqib ketishidan xavotirda. Bu haqda RIA Novosti "The Telegraph" nashriga tayangan holda xabar berdi.Nashr manbasiga ko‘ra, Vashington Ukrainaga uning ittifoqchilari tomonidan yetkazib berilgan ayrim qurollarning “qora bozor”ga tushib qolgan holatlaridan xabardor. Shu sababli "Patriot" kabi murakkab harbiy texnologiyalarni uzatish masalasida qo‘shimcha xavotirlar mavjud.Bundan tashqari, "Patriot" tizimini ishlab chiqaruvchi "Raytheon" va "Lockheed Martin" ham Ukrainaga litsenziya berishga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Qurollarning noqonuniy aylanishi xavfi Yevropa tuzilmalari tomonidan ham avvaldan qayd etilgan. Yevropol Ukrainada qurol va o‘q-dorilarning ko‘payishi ularning mavjud kontrabanda yo‘llari yoki internet orqali YeI hududiga chiqib ketish xavfini oshirishidan ogohlantirgan. Ayni paytda "Patriot" litsenziyasi masalasi bo‘yicha Vashingtonning yakuniy pozitsiyasi hali aniq emas. Donald Tramp 31-iyulda kelishuv hali imzolanmaganini, muzokaralar davom etayotganini aytgan. Moskva bir necha bor Ukrainaga G‘arb qurollarini yetkazib berish mojaroning borishini o‘zgartira olmasligini, biroq uning cho‘zilishiga olib kelishini va siyosiy-diplomatik yechimga erishishga to‘sqinlik qilishini ta’kidlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260802/ukraine-raketa-59440800.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1444/38/14443841_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_148ebea9efdd9bd40992a3740d599ff7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, patriot, havo mudofaa tizimi, ukraina, aqsh
dunyo yangiliklari, dunyoda, patriot, havo mudofaa tizimi, ukraina, aqsh
Ukrainaga "Patriot" litsenziyasi: AQSh texnologiyalar “qora bozor”ga tushishidan xavotirda
AQSh kompaniyalari texnologiyalar xavfsizligidan xavotirda, litsenziya berilgan taqdirda ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yillar talab qilishi mumkin.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. AQSh Ukrainaga "Patriot" raketalarini ishlab chiqarish litsenziyasini berish masalasida texnologiyalarning nazoratdan chiqib ketishidan xavotirda. Bu haqda RIA Novosti "The Telegraph" nashriga tayangan holda
xabar berdi.
Nashr manbasiga ko‘ra, Vashington Ukrainaga uning ittifoqchilari tomonidan yetkazib berilgan ayrim qurollarning “qora bozor”ga tushib qolgan holatlaridan xabardor. Shu sababli "Patriot" kabi murakkab harbiy texnologiyalarni uzatish masalasida qo‘shimcha xavotirlar mavjud.
Bundan tashqari, "Patriot" tizimini ishlab chiqaruvchi "Raytheon" va "Lockheed Martin" ham Ukrainaga litsenziya berishga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda.
"The Atlantic" ma’lumotiga ko‘ra, kompaniyalar rasman intellektual mulk va texnologiyalar uzatilishi bilan bog‘liq xavflarni ko‘rsatmoqda.
Qurollarning noqonuniy aylanishi xavfi Yevropa tuzilmalari tomonidan ham avvaldan qayd etilgan. Yevropol Ukrainada qurol va o‘q-dorilarning ko‘payishi ularning mavjud kontrabanda yo‘llari yoki internet orqali YeI hududiga chiqib ketish xavfini oshirishidan ogohlantirgan.
Ayni paytda "Patriot" litsenziyasi masalasi bo‘yicha Vashingtonning yakuniy pozitsiyasi hali aniq emas. Donald Tramp 31-iyulda kelishuv hali imzolanmaganini, muzokaralar davom etayotganini aytgan.
"Reuters" ma’lumotiga ko‘ra, litsenziya berilganidan keyin ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish odatda 3–7 yil vaqt olishi mumkin.
Moskva bir necha bor Ukrainaga G‘arb qurollarini yetkazib berish mojaroning borishini o‘zgartira olmasligini, biroq uning cho‘zilishiga olib kelishini va siyosiy-diplomatik yechimga erishishga to‘sqinlik qilishini ta’kidlagan.