Mo‘ynoq o‘tmish va kelajak orasida — Orol tarixi suratlarda

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Arxiv suratlar baliqchilik minglab odamlarni ish bilan ta’minlagan va dengiz mintaqa aholisining kundalik hayotining ajralmas qismi hisoblangan yillarga qaytaradi.
Toshkent Fotosuratlar uyida "Mo‘ynoq: kecha, bugun, ertaga" fotoko‘rgazmasi ochildi. Arxiv va zamonaviy suratlar shahar taqdiri hamda Orolbo‘yidagi bugungi o‘zgarishlar haqida hikoya qiladi.
"Mo‘ynoq: kecha, bugun, ertaga" fotoko‘rgazmasi Orolbo‘yining eng mashhur shaharlaridan biri tarixi va Orol dengizi taqdiriga bag‘ishlangan.

Mo‘ynoq: o‘tmish va kelajak orasida — Orol tarixi suratlarda
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Loyiha uch davrni — o‘tmish, bugun va kelajakni birlashtiradi. Arxiv fotosuratlari tomoshabinni Mo‘ynoq yirik port shahri bo‘lgan, baliqchilik minglab odamlarni ish bilan ta’minlagan va dengiz mintaqa aholisining kundalik hayotining ajralmas qismi hisoblangan yillarga qaytaradi.

Mo‘ynoq: o‘tmish va kelajak orasida — Orol tarixi suratlarda
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ekspozitsiyaning tarixiy qismida Ravil Albekovning noyob fotosuratlari alohida o‘rin egallaydi. Ularda baliqchilar, korxona ishchilari, qayiqlar, baliq ovlari va hali suvga to‘la Orol dengizi aks etgan. Bugun bu kadrlar bir necha o‘n yil ichida keskin o‘zgarib ketgan butun bir davrning qimmatli hujjatli guvohiga aylangan.

Mo‘ynoq: o‘tmish va kelajak orasida — Orol tarixi suratlarda
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazmaning boshqa qismida zamonaviy Orolbo‘yi namoyon bo‘ladi. Hamdam Shorahmedov, Vladimir Goncharenko va Viktor An asarlarida Mo‘ynoqdagi kemalar qabristoni, chekingan dengiz sohillari, cho‘l kengliklari va Usturt platosining betakror manzaralari aks etgan. Bu yerda fotografiya nafaqat ekologik fojia guvohi, balki o‘lkaning o‘ziga xos va nozik go‘zalligini ko‘rsatuvchi vositaga aylanadi.

Toshkent Fotosuratlar uyi direktori Jahongir Izentayev
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Biz uchun Mo‘ynoqni faqat Orol dengizi fojiasining ramzi sifatida emas, balki o‘tmishi, bugungi hayoti va, eng muhimi, kelajagi bor shahar sifatida ko‘rsatish muhim edi", — deydi Toshkent Fotosuratlar uyi direktori Jahongir Izentayev.

Mo‘ynoq: o‘tmish va kelajak orasida — Orol tarixi suratlarda
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Fotovistavka "Muynak: vchera, segodnya, zavtra"
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ekspozitsiyaning alohida hujjatli qismi O‘zbekiston milliy axborot agentligi — O‘zA fotomuxbirlari materiallaridan tashkil topgan. Ularda hozirgi bunyodkorlik jarayonlari — ijtimoiy obyektlar qurilishi, infratuzilmaning rivojlanishi, suv xo‘jaligining modernizatsiya qilinishi hamda Orol dengizining qurigan tubida saksovulzorlar barpo etilishi aks etgan.

Mo‘ynoq: o‘tmish va kelajak orasida — Orol tarixi suratlarda
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Arxiv va zamonaviy fotosuratlar yonma yon namoyish etilganda, sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning ko‘lami ayniqsa yaqqol seziladi. Fotografiya faktlarni bilish bilan cheklanmay, vaqtni ko‘z bilan ko‘rish imkonini beradi", — ta’kidlaydi Izentayev.

Mo‘ynoq: o‘tmish va kelajak orasida — Orol tarixi suratlarda
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazma materiallarini tayyorlashda O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi, kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa tashkilotlar ishtirok etgan. Loyiha O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Toshkent Fotosuratlar uyi ishtirokida amalga oshirilgan.

Mo‘ynoq: o‘tmish va kelajak orasida — Orol tarixi suratlarda
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazmaning mazmuni faqat yo‘qolib borayotgan dengiz haqidagi xotira bilan cheklanmaydi. Uning yakuniy qismi mintaqada bugun amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarni tiklash, aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratish va ekologik yechimlarni izlash jarayoniga bag‘ishlangan.

Mo‘ynoq: o‘tmish va kelajak orasida — Orol tarixi suratlarda
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Bu ko‘rgazma, avvalo, odamlar haqida. O‘nlab yillar avval shu yerda yashagan, ulkan o‘zgarishlarni boshdan kechirgan va bugun Mo‘ynoqning yangi kelajagini yaratishda davom etayotgan insonlar haqida", — deya qayd etadi Jahongir Izentayev.

Mo‘ynoq: o‘tmish va kelajak orasida — Orol tarixi suratlarda
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mo‘ynoq: o‘tmish va kelajak orasida — Orol tarixi suratlarda
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Fotovistavka "Muynak: vchera, segodnya, zavtra"
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Shu tariqa, uch davr yagona vizual tarixga birlashadi. "Mo‘ynoq: kecha, bugun, ertaga" ko‘rgazmasi Orolbo‘yiga nafaqat ekologik fojia hududi, balki inson xotirasi, mehnati va umidi yashaydigan makon sifatida qarashga chorlaydi.

Mo‘ynoq: o‘tmish va kelajak orasida — Orol tarixi suratlarda
© Sputnik / Baxrom Xatamov