https://oz.sputniknews.uz/20260809/uzbekistan-obligatsiyalar-jp-morgan-indeks-59577152.html
O‘zbekiston obligatsiyalari JP Morgan indeksiga kiritiladi — bu nima beradi?
O‘zbekiston obligatsiyalari JP Morgan indeksiga kiritiladi — bu nima beradi?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning so‘mdagi suveren obligatsiyalari JP Morgan bankining GBI-EM indeksiga kiritiladi. Bu xorijiy investorlar doirasini kengaytirib, davlat uchun qarz jalb qilish xarajatlarini pasaytirish imkonini berishi mumkin.
2026-08-09T10:19+0500
2026-08-09T10:19+0500
2026-08-09T10:19+0500
iqtisodiyot va moliya vazirligi
moliyalashtirish
kredit
so‘m
valyuta
investitsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/09/59576986_0:302:2901:1933_1920x0_80_0_0_089c0c865655d20fac8a230e90e235cd.jpg
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekistonning so‘mdagi suveren xalqaro obligatsiyalari 30-sentabrdan "JP Morgan"ning Government Bond Index – Emerging Markets (GBI-EM) indeksi tarkibiga kiritiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Oddiy qilib aytganda, GBI-EM — xalqaro investorlar rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy valyutadagi davlat obligatsiyalariga sarmoya kiritishda yo‘nalish sifatida foydalanadigan indeks. Uni kuzatuvchi investorlar 300 mlrd dollardan ortiq aktivlarni boshqaradi.Bu budjet uchun ham ahamiyatli. Davlat qarzni qanchalik arzon jalb qilsa, unga xizmat ko‘rsatish uchun budjetdan shunchalik kam xarajat talab etiladi. Biroq indeksga kirish aholi uchun kredit stavkalari darhol pasayadi yoki so‘m kursi mustahkamlanadi, degani emas. Ta’sir asosan moliya bozori orqali va uzoqroq muddatda namoyon bo‘ladi.O‘zbekiston aprel oyida 1 mlrd dollar ekvivalentidagi — 12,2 trln so‘mlik uch yillik obligatsiyalarni 12,25 foiz stavkada joylashtirgan edi. Xorijiy investorlardan tushgan buyurtmalar esa taklif hajmidan qariyb to‘rt baravar ko‘p bo‘lgan.GBI-EM rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy valyutadagi davlat qarz qog‘ozlarini qamrab oladi va jahondagi yirik obligatsiya indekslaridan biri hisoblanadi.Shunday qilib, O‘zbekiston uchun asosiy foyda — so‘mda qarz olish imkoniyatlarining kengayishi. Bu tashqi qarzni faqat dollar yoki boshqa xorijiy valyutada olishga qaramlikni va valyuta kursi o‘zgarishidan kelib chiqadigan xatarlarni kamaytirishga xizmat qilishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260728/milliy-investitsiya-jamgarma-59325268.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/09/59576986_84:0:2661:1933_1920x0_80_0_0_62340dddb1d1097ce39e76e9764fd51d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisodiyot va moliya vazirligi, moliyalashtirish, kredit, so‘m, valyuta, investitsiya
iqtisodiyot va moliya vazirligi, moliyalashtirish, kredit, so‘m, valyuta, investitsiya
O‘zbekiston obligatsiyalari JP Morgan indeksiga kiritiladi — bu nima beradi?
30 sentabrdan O‘zbekistonning so‘mdagi suveren obligatsiyalari yirik xalqaro investorlar kuzatadigan GBI-EM indeksiga kiritiladi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekistonning so‘mdagi suveren xalqaro obligatsiyalari 30-sentabrdan "JP Morgan"ning Government Bond Index – Emerging Markets (GBI-EM) indeksi tarkibiga kiritiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Oddiy qilib aytganda, GBI-EM — xalqaro investorlar rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy valyutadagi davlat obligatsiyalariga sarmoya kiritishda yo‘nalish sifatida foydalanadigan indeks. Uni kuzatuvchi investorlar 300 mlrd dollardan ortiq aktivlarni boshqaradi.
Shu bois indeksga kirish O‘zbekiston obligatsiyalariga yangi xorijiy investorlarni jalb qilishi va ularga talabni oshirishi mumkin. Talab ortishi esa kelgusida davlatning mablag‘ jalb qilish uchun to‘laydigan foizlarini pasaytirish imkonini beradi.
Bu budjet uchun ham ahamiyatli. Davlat qarzni qanchalik arzon jalb qilsa, unga xizmat ko‘rsatish uchun budjetdan shunchalik kam xarajat talab etiladi. Biroq indeksga kirish aholi uchun kredit stavkalari darhol pasayadi yoki so‘m kursi mustahkamlanadi, degani emas. Ta’sir asosan moliya bozori orqali va uzoqroq muddatda namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston aprel oyida 1 mlrd dollar ekvivalentidagi — 12,2 trln so‘mlik uch yillik obligatsiyalarni 12,25 foiz stavkada joylashtirgan edi. Xorijiy investorlardan tushgan buyurtmalar esa taklif hajmidan qariyb to‘rt baravar ko‘p bo‘lgan.
Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu Markaziy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasida so‘nggi 15-yilda milliy valyutada amalga oshirilgan eng yirik shunday bitim bo‘lgan.
GBI-EM rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy valyutadagi davlat qarz qog‘ozlarini qamrab oladi va jahondagi yirik obligatsiya indekslaridan biri hisoblanadi.
Shunday qilib, O‘zbekiston uchun asosiy foyda — so‘mda qarz olish imkoniyatlarining kengayishi. Bu tashqi qarzni faqat dollar yoki boshqa xorijiy valyutada olishga qaramlikni va valyuta kursi o‘zgarishidan kelib chiqadigan xatarlarni kamaytirishga xizmat qilishi mumkin.