Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zelenskiy: Rossiya bir haftada Ukrainaga 61 ta raketa bilan zarba berdi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishV Rossii nachalis ucheniya po primeneniyu nestrategicheskogo yadernogo orujiya
V Rossii nachalis ucheniya po primeneniyu nestrategicheskogo yadernogo orujiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar yetishmovchiligini boshdan kechirmoqda, bu esa Rossiya ballistik raketalarini ushlab qolishni qiyinlashtirmoqda
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy so‘nggi bir haftada Rossiya Ukrainaga qarshi 61 ta turli xil raketa qo‘llaganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning 56 tasi ballistik trayektoriya bo‘ylab uchgan. Shuningdek, 1 560 dan ortiq zarba beruvchi dron va 1 540 ta boshqariluvchi aviabomba qo‘llangan.
Ukraina HHM tizimining ayniqsa ballistik raketalarga qarshi imkoniyatlari cheklangani so‘nggi hujumlarda ham ko‘rindi.
5 avgustda Ukraina Harbiy-havo kuchlari 24 ta ballistik va to‘rtta “Sirkon” raketasidan birortasini ham ura olmaganini ma’lum qildi. 8-avgustga o‘tar kechasi uchirilgan yana oltita ballistik raketa ham to‘xtatilmagan.
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina iyul oyida uchirilgan 195 ta ballistik raketadan 29 tasini urib tushirganini bildirgan.
Kiyev ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilda G‘arbdan raketa-tutib qoluvchilar yetkazib berish hajmi o‘tgan yilgi darajaning qariyb uchdan biriga tushgan.
Muammo so‘nggi hujumlarda yaqqol ko‘rindi. 1-avgustda Zelenskiy Rossiya uchirgan 27 ta ballistik raketadan faqat bittasi urib tushirilganini Patriot uchun tutib qoluvchi raketalar qolmagani bilan izohladi.
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi mojaro ham ta’minotga ta’sir qilgan: Ukraina uchun mo‘ljallangan ayrim Patriot raketalari AQSh va Fors ko‘rfazidagi ittifoqchilar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan.
Kiyev muammoni Patriot raketalarini o‘zida ishlab chiqarish orqali hal qilishga ham urinmoqda. Donald Tramp iyul boshida Ukrainaga tegishli litsenziya berishini aytgan edi, ammo 31-iyulda bunday kelishuv hali yo‘qligini ma’lum qildi.
Rabota raketnogo kompleksa Iskander po selyam VSU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Kiyevdagi obyektlarga zarba berdi — Ukraina HHK birorta raketani ham ura olmadi
Yangiliklar lentasi
0