https://oz.sputniknews.uz/20260808/shavkat-mirziyoev-quruvchilarni-kasb-bayrami-bilan-tabrikladi-59573093.html
Shavkat Mirziyoyev quruvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev quruvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Tabrik so‘zida prezident so‘nggi yillarda qurilish sohasida erishilgan yutuqlarni sanab o‘tdi. 08.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-08T16:23+0500
2026-08-08T16:23+0500
2026-08-08T16:23+0500
shavkat mirziyoyev
prezident
tabrik
qurilish
kasb bayram
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/18/59246309_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_99b09918fc2ab6e0cb8f65fda03ca83e.jpg
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev quruvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi. Prezident so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlarni ham sanab o‘tdi. Xususan, 210 million kvadrat metrdan ziyod bino va inshootlar, jumladan, 647 mingta, o‘tgan yilning o‘zida esa 135 mingta kvartiraga ega bo‘lgan uy-joylar barpo etilganini. Shuningdek 2026-yilda yana 140 mingta yangi kvartira foydalanishga topshirilishi kutilayotgani qayd etildi. Shuningdek, davlat rahbari Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi va Burhoniddin Marg‘inoniy kabi noyob inshootlar qurilishida quruvchilar hissasi beqiyos bo‘lganini qayd etdi. Bugungi kunda barcha sohalar qatori qurilishda ham oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Sizlar o‘z burchingizni chuqur anglagan holda, xalqimiz uchun xavfsiz, qulay va farovon hayot muhitini yaratishga qaratilgan sharafli faoliyatingizni hamisha yuksak sifat va mas’uliyat bilan ado etasizlar deb ishonaman - dedi prezident.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/18/59246309_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6a9f07afa7e28a60519fe34a17d8bacf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, prezident, tabrik, qurilish, kasb bayram
shavkat mirziyoyev, prezident, tabrik, qurilish, kasb bayram
Shavkat Mirziyoyev quruvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi
Tabrik so‘zida prezident so‘nggi yillarda qurilish sohasida erishilgan yutuqlarni sanab o‘tdi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev quruvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
Hurmatli quruvchilar, me’mor va ustalar, muhandis va loyihachilar, mashinist va mexaniklar, muhtaram soha faxriylari! Siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz – Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga samimiy va ezgu tilaklarimni bildiraman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, ishlaringizda yangi yutuq va omadlar tilayman, - deyiladi tabrik so‘zida.
Prezident so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlarni ham sanab o‘tdi. Xususan, 210 million kvadrat metrdan ziyod bino va inshootlar, jumladan, 647 mingta, o‘tgan yilning o‘zida esa 135 mingta kvartiraga ega bo‘lgan uy-joylar barpo etilganini. Shuningdek 2026-yilda yana 140 mingta yangi kvartira foydalanishga topshirilishi kutilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, davlat rahbari Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi va Burhoniddin Marg‘inoniy kabi noyob inshootlar qurilishida quruvchilar hissasi beqiyos bo‘lganini qayd etdi.
Bugungi kunda barcha sohalar qatori qurilishda ham oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Sizlar o‘z burchingizni chuqur anglagan holda, xalqimiz uchun xavfsiz, qulay va farovon hayot muhitini yaratishga qaratilgan sharafli faoliyatingizni hamisha yuksak sifat va mas’uliyat bilan ado etasizlar deb ishonaman - dedi prezident.