Markaziy Osiyo davlatlari suv resurslaridan samarali foydalanishga kelishib olishdi
12:59 08.08.2026 (yangilandi: 13:15 08.08.2026)

© Suv xo‘jaligi vazirligi
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish hamda Orolni qutqarish jamg‘armasi muhokama qilindi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Qozog‘istonning Turkiston shahrida Markaziy Osiyo Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining (DSXMK) 94-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Suv xo‘jaligi vazirligi.
Unda Markaziy Osiyo davlatlari suv xo‘jaligi rahbarlari“Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalarida 2026-yilgi vegetatsiya davri uchun belgilangan suv olish limitlari hamda suv omborlarining ish rejimlari muhokama qilishdi.
Taqdim etilgan hisobotlar ma’lumot uchun qabul qilindi. Tomonlar suv resurslaridan samarali foydalanish, belgilangan limitlarga rioya qilish hamda davlatlar o‘rtasida axborot almashinuvini yanada takomillashtirish muhimligini ta’kidladilar.
Shuningdek, Sirdaryo darosi havzasida suv resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Xususan, Sirdaryo darosi havzasida suv hisobini avtomatlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat hududida joylashgan 10 ta gidropostni avtomatlashtirish loyihasi ijrosini ijobiy baholab, uni muvaffaqiyatli yakunlashga kelishib olishdi.

Markaziy Osiyo suv xo‘jaligi rahbarlari uchrashuvi
© Suv xo‘jaligi vazirligi
Shuningdek, yig‘ilishda transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari orasida imzolangan Bitim doirasida tashkil etilayotgan Qo‘shma komissiya to‘g‘risidagi Nizom loyihasi ko‘rib chiqildi.
Undan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlarida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan CAWEC mintaqaviy grant loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Loyiha doirasidagi ishlar to‘g‘risida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi hamda Jahon banki mutaxassislarining axboroti eshitildi.