Rossiya Qurolli Kuchlari Xarkov viloyatidagi Aniskinoni ozod qildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
/ Obuna bo‘lish
Hafta davomida Rossiya armiyasi Xarkov va Sumi viloyatlarida sakkizta aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. "Shimol" kuchlar guruhi Xarkov viloyatidagi Aniskinoni ozod qildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
"Qishloqni tozalash jarayonida <...> Rossiya qo‘shinlari ukrain millatchilarini o‘z istehkomlaridan siqib chiqarish uchun artilleriya o‘qlari va hujum dronlaridan foydalangan. UQK katta yo‘qotishlarga duch kelib qishloqni tark etishga majbur bo‘lishdi, ba’zi jangarilar taslim bo‘lishdi", - deb ta’kidladi vazirlik.

Osvobojdenie Aniskino
© Sputnik
Bir hafta ichida Rossiya armiyasi Xarkov viloyatidagi Beliy Kolodez, Ustinovka, Olgovka, Baksheyevka va Aniskinoni, shuningdek, Sumi viloyatidagi Rijevka va Zaporojye viloyatida Lyubiskoe va Zarnitsa aholi punktlari ustidan nazorat o‘rnatdi, deb eslatdi vazirlik.
Aniskinoning ozod qilinishi Belgorod viloyati bilan chegara bo‘ylab xavfsizlik zonasini kengaytirish imkonini beradi. Yaqin kelajakdagi maqsadlar Shirokoe, Ivashchino, Vodanoe va Olkhovatka qishloqlaridir. Bu qishloqlarni nazorat qilish ko‘prik boshini dushman hududiga sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi.
1-7 avgust davomida Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiy va logistika infratuzilmasiga uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qurollar bilan 12ta guruhli zarbalar berdi. Zarbalar natijasida Kiyev va Odessadagi harbiy sanoat obyektlari, UQK foydalangan logistika markazlari va 34ta yuk kemasi vayron qilindi.
O‘tgan hafta davomida Ukraina Qurolli kuchlarining jami yo‘qotishlari 9600 nafar harbiy xizmatchilar, 98 zirhli jangovar mashinalar, 77ta dala artilleriya qurollari, 668ta avtomobil, 91ta boshqariladigan aviatsiya bombasi, 5ta ekipajsiz kater va 6575ta uchuvchisiz apparatlarni tashkil qildi.