Palov indeksi: eng arzon va eng qimmat osh qayerda

Obuna bo‘lish
Hisob-kitobga ko‘ra, Toshkentda 1 kilo palov tayyorlash Qoraqalpog‘istonga nisbatan taxminan 20 foiz qimmatroqqa tushadi.
Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yil iyul oyi uchun O‘zbekiston hududlarida 1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushishini hisoblab chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, palov uchun zarur mahsulotlarning eng yuqori qiymati Toshkent shahrida qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilgan.
Palov qiymatini aniqlashda kungaboqar yog‘i, piyoz, mol go‘shti, sabzi, guruch, no‘xat, zira va osh tuzi kabi asosiy mahsulotlarning o‘rtacha narxlari inobatga olingan.
Qo‘mitaning ta’kidlashicha, bu raqamlar hududlarda sotilayotgan tayyor palov narxini emas, balki uni tayyorlash uchun zarur mahsulotlarning hisoblangan o‘rtacha qiymatini ifodalaydi.
Yangiliklar lentasi
0