https://oz.sputniknews.uz/20260807/ozbekistonda-hayvonlarni-royxatga-olish-haqidagi-qonun-kuchga-kirdi-59553729.html
O‘zbekistonda hayvonlarni ro‘yxatga olish haqidagi qonun kuchga kirdi
O‘zbekistonda hayvonlarni ro‘yxatga olish haqidagi qonun kuchga kirdi
Sputnik O‘zbekiston
Hayvon egalarining to‘liq majburiyatlari 2028-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi. 07.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-07T14:28+0500
2026-08-07T14:28+0500
2026-08-07T14:28+0500
o‘zbekiston
qonun
yangi qonun
fermerlar
hayvonlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/0e/15403015_0:0:2976:1674_1920x0_80_0_0_936f7a8854712f5c0c546a05df305700.jpg
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekistonda bugundan "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida"gi Qonun kuchga kirdi. Ro‘yxatga olishda, hayvon egasining ismi sharifi, yanan manzili va telefon raqamlari ko‘rsatiladi. Yuridik shaxslarning nomi va manzili ko‘rstiladi. Hayvonlarni ro‘yxatga olishning quyidagi muddatlari belgilangan:Bunda hayvonlar ko‘rsatilgan muddatlar tugaganidan keyin 1 oydan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi va ro‘yxatga olinishi kerak. Vakolatli davlat organining vakili hayvon egasining murojaatiga asosan 5 ish kuni ichida hayvonni identifikatsiya qilishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.Shuningdek, hayvonlar, so‘yilganda, nobud bo‘lganda yoki chet elga olib chiqilganda — 7 kunlik muddatda hisobdan chiqariladi.Ushbu Qonunga muvofiq, hayvon egalarining to‘liq majburiyatlari 2028-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/0e/15403015_247:0:2976:2047_1920x0_80_0_0_56f5cbb2f2ccb01b179408879ef33939.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, qonun, yangi qonun, fermerlar, hayvonlar
o‘zbekiston, qonun, yangi qonun, fermerlar, hayvonlar
O‘zbekistonda hayvonlarni ro‘yxatga olish haqidagi qonun kuchga kirdi
Hayvon egalarining to‘liq majburiyatlari 2028-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekistonda bugundan "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida"gi Qonun kuchga kirdi.
Unga muvofiq, O‘zbekiston hududida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan, ko‘paytiriladigan va olib kelinayotgan hayvonlar identifikatsiya qilinishi hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatga olinishi kerak.
Ro‘yxatga olishda, hayvon egasining ismi sharifi, yanan manzili va telefon raqamlari ko‘rsatiladi. Yuridik shaxslarning nomi va manzili ko‘rstiladi.
Hayvonlarni ro‘yxatga olishning quyidagi muddatlari belgilangan:
qoramol, ko‘y, echki va tuyalar – tug‘ilganidan 14 kundan keyin;
otlar – tug‘ilganidan 4 oydan keyin;
cho‘chqalar tug‘ilganidan – 1 oydan keyin;
itlar va mushuklar – tug‘ilganidan 3 oydan keyin.
chet eldan olib kelinayotgan hayvonlar - 21 kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi lozim.
Bunda hayvonlar ko‘rsatilgan muddatlar tugaganidan keyin 1 oydan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi va ro‘yxatga olinishi kerak.
Vakolatli davlat organining vakili hayvon egasining murojaatiga asosan 5 ish kuni ichida hayvonni identifikatsiya qilishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.
Shuningdek, hayvonlar, so‘yilganda, nobud bo‘lganda yoki chet elga olib chiqilganda — 7 kunlik muddatda hisobdan chiqariladi.
Ushbu Qonunga muvofiq, hayvon egalarining to‘liq majburiyatlari 2028-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.