Global chaqiriqlarga qaramasdan YeOIIning asosiy ko‘rsatgichlari o‘sdi — Mishustin

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishMixail Mishustin
Mixail Mishustin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya bosh vaziri to‘xtalib o‘tgan asosiy mavzular: transport va logistika sohasini raqamlashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va elektron tijoratni rivojlantirish.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bugun Chulpon Otada bo‘lib o‘tayotgan YeOII bosh vazirlari uchrashuvida bir qator muhim bayonotlar bilan chiqdi.

Asosiy fikrlar:
Global chaqiriqlarga qaramasdan 2026-yilning birinchi yarimida YeOIIning asosiy iqtisodiy ko‘rsatgichlari o‘sdi.
YeOIIda logistika sohasida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi savdo aylanmasining oshishiga yordam beradi.
O‘tgan yili Rossiya va Belarus o‘rtasidagi deyarli barcha temir yo‘l yuk tashishlari elektron hujjatlar yordamida amalga oshirildi. Qozog‘iston bilan bu ko‘rsatkich - 81%ni tashkil qildi;
Bu sohada ishlar ittifoq ichida ham, Xitoy va Eron kabi boshqa do‘stona davlatlar bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda davom etishi kerak;
Oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda davom etish muhimdir. YeOII don, cho‘chqa go‘shti, parranda go‘shti, sut, shakar, tuxum va yog‘larga bo‘lgan ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydi;
Bu ro‘yxatni kengaytirish kerak. Fermerlar urug‘lar va samarali o‘g‘itlar bilan, chorvachilik ishlab chiqaruvchilari esa xavfsiz oziq-ovqat va ozuqa qo‘shimchalari bilan ta’minlanishi kerak;
YeOII, umumiy moliya bozorini shakllantirish doirasida, brokerlarga "beshlik": Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston o‘rtasidagi savdolarda ishtirok etish imkonini beradi;
Akademik darajalar a’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro tan olinadi. Odamlar qo‘shimcha ravishda o‘z malakalarini isbotlashlari shart emas;
Kengash ichki ittifoq bozorida tovarlarning elektron tijorati to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlaydi. Bizneslar yagona qoidalarga bo‘ysunadi va jismoniy shaxslar bozorlarda keng turdagi mahsulotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ma’lumot uchun, 6-7 avgust kunlari Cholpon-Otada Yevroosiyo hukumat rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu YeOII tashkil etilganidan beri 47chi va 2026-yildagi ikkinchi yig‘ilishdir. Oldingi yig‘ilish 26-27 mart kunlari Qozog‘istonning Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Sadir Japarov nagradil ministra kulturi Uzbekistana Ozodbeka Nazarbekova pochetnim zvaniyem Narodniy artist Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2026
Sadir Japarov YeOII bosh vazirlari bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0