FXX Moskvadagi kriptovalyuta ayirboshlash punktlariga reyd uyushtirdi

© Sputnik / Dmitriy MakeyevBoysi spesnaza FSB (arxivnoe foto)
Boysi spesnaza FSB (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina qo‘ng‘iroq markazlari foydsiga ishlagan 9ta kanal yopildi, 20 nafar xodimlar hibsga olindi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Moskva shahrida Ukraina qo‘ng‘iroq markazlari tomonidan Rossiya fuqarolaridan o‘g‘irlangan pullarni yuvish uchun foydalanilgan kriptovalyuta ayirboshlash punktlarining 20 dan ortiq xodimi hibsga olindi. Bu haqda FXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Ukraina qo‘ng‘iroq markazlari tomonidan Rossiya fuqarolaridan masofaviy firibgarlik yo‘li bilan o‘g‘irlangan mablag‘larni yuvish uchun foydalanilgan ro‘yxatdan o‘tmagan kriptovalyuta ayirboshlash punktlarining 20 dan ortiq xodimi Moskva biznes-markazida hibsga olindi", - deyiladi bayonotda.
FXX xodimlari Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda kriptovalyuta yordamida chet elga mablag‘ yechib olish uchun xorijdan muvofiqlashtirilgan to‘qqizta kanalni yopgan.
Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchilar qo‘ng‘iroq markazi bilan doimiy aloqada bo‘lishgan, bosqichma-bosqich ko‘rsatmalarga amal qilishgan va o‘z harakatlarining mohiyatidan bexabar bo‘lishgan.
"Ushbu ayirboshlash shoxobchalarida firibgarlar ta’sirida bo‘lgan fuqarolarga, jumladan, nafaqaxo‘rlarga kriptovalyuta sotilgan va mablag‘lar ukrainalik kuratorlar hisoblariga o‘tkazgan", deyiladi bayonotda.
Shuningdek, moliyaviy savodxonligi cheklangan, oson pul topishni istagan yoshlar Rossiya hududlaridan kripto ayirboshlash shoxobchalarida masofadan ishlash uchun jalb qilingan.
Yangiliklar lentasi
0