O‘zbekiston Rossiya bilan yuqori aniqlikdagi o‘lchov etalonlarini yaratishni muhokama qildi

© Agentstvo po texnicheskomu regulirovaniyuUzbekistan i RAN obsudili sovmestnie proyekti v oblasti kvantovoy metrologii
Uzbekistan i RAN obsudili sovmestnie proyekti v oblasti kvantovoy metrologii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya milliy etalonlar, kvant metrologiyasi va mutaxassislar tayyorlash sohasida hamkorlikni muhokama qildi.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya kvant metrologiyasi sohasida yuqori aniqlikdagi milliy etalonlarni yaratish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Bu masalalar Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov va Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Vladislav Xomich o‘rtasidagi uchrashuvda ko‘rib chiqildi.
Milliy etalon — muayan o‘lchov birligining mamlakatdagi eng aniq tayanch namunasidir. U laboratoriyalar va korxonalardagi o‘lchash vositalarini kalibrlash, natijalarni yagona tizimga bog‘lash va ularning xalqaro miqyosda tan olinishi uchun asos bo‘ladi.
Kvant metrologiyasida esa vaqt, massa, elektr kuchlanishi va boshqa kattaliklarni o‘lchashda kvant hodisalari hamda fundamental fizik doimiylardan foydalaniladi. Bu usullar o‘lchovlarning yuqori aniqligi, barqarorligi va turli davlatlarda bir xil natija berishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tomonlar milliy etalonlar bazasini takomillashtirish, mutaxassislar malakasini oshirish, qo‘shma ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish va tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini ham muhokama qildi.
Agentlikning avvalgi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda milliy etalonlar soni 42 taga yetkazilgan. Bazani yana 19 ta etalonga kengaytirish bo‘yicha texnik topshiriqlar tayyorlangan, to‘rtta texnika oliygohi bilan hamkorlikda esa yettita etalon va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini yaratish ishlari boshlangan.
Akademiya nauk Uzbekistana i uralskoe otdelenie RAN budut obmenivatsya nauchnimi dannimi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2026
O‘zFA va Rossiya Fanlar akademiyasi Ural filiali ilmiy ma’lumotlarni o‘zaro almashadi
Yangiliklar lentasi
0