https://oz.sputniknews.uz/20260806/uzbekistan-kazakhstan-kompaniyalar-memorandum-59518038.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalari sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha memorandum imzoladi
O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalari sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha memorandum imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Biznes-forumda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha memorandum imzolandi va ikki davlat o‘rtasida tovarlarning to‘siqsiz tiharakatini ta’minlash taklif etildi 06.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-06T11:38+0500
2026-08-06T11:38+0500
2026-08-06T11:57+0500
toshkent
forum
savdo
hamkorlik
chegara
eksport
energetika
shartnoma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/06/59517871_0:68:1280:788_1920x0_80_0_0_02d374eb4f28da4cc33679dd28d68f27.jpg
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston–Qozog‘iston biznes-forumi yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat kompaniyalari sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi savdo palatasi xabar berdi.Hujjat O‘zbekistonning Glasfit Energy kompaniyasi va "Qozog‘iston armatura-izolyator zavodi" o‘rtasida tuzildi. U o‘zaro mahsulot yetkazib berish va Qozog‘iston mahsulotlarining O‘zbekiston bozoridagi eksportini oshirishni nazarda tutadi.Hamkorlikning amaliy yo‘nalishlaridan biri yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari uchun mahsulot yetkazib berishdan iborat. Shuningdek, forum yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘istonning savdo-sanoat palatalari hamda davlat idoralari ishtirokida doimiy ekspertlar guruhini tuzish taklif etildi.Guruh tarif, xomashyo va bojxona mexanizmlarini muvofiqlashtirish, transport-logistika jarayonlarini raqamlashtirish va tovarlarni chegara orqali olib o‘tishni yengillashtirish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishi mumkin. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ma’lumotiga ko‘ra, forumda Qozog‘istonning qurilish, agrosanoat, yengil sanoat, mashinasozlik, logistika, tibbiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalaridagi 100 dan ortiq yetakchi kompaniyasi ishtirok etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260724/ozbekiston-qozogiston-59235754.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/06/59517871_71:0:1211:855_1920x0_80_0_0_39a029e17a6ef10183fb5d9c9a117ee0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, forum, savdo, hamkorlik, chegara, eksport, energetika, shartnoma
toshkent, forum, savdo, hamkorlik, chegara, eksport, energetika, shartnoma
O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalari sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha memorandum imzoladi
11:38 06.08.2026 (yangilandi: 11:57 06.08.2026) Biznes-forumda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha memorandum imzolandi va ikki davlat o‘rtasida tovarlarning to‘siqsiz tiharakatini ta’minlash taklif etildi
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston–Qozog‘iston biznes-forumi yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat kompaniyalari sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi savdo palatasi
xabar berdi.
Hujjat O‘zbekistonning Glasfit Energy kompaniyasi va "Qozog‘iston armatura-izolyator zavodi" o‘rtasida tuzildi. U o‘zaro mahsulot yetkazib berish va Qozog‘iston mahsulotlarining O‘zbekiston bozoridagi eksportini oshirishni nazarda tutadi.
Hamkorlikning amaliy yo‘nalishlaridan biri yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari uchun mahsulot yetkazib berishdan iborat.
Forumda delegatsiyaning O‘zbekiston korxonalariga tashrifi doirasida metallurgiya, kimyo, energetika, mashinasozlik, agrosanoat, to‘qimachilik, mebel, maishiy texnika va oziq-ovqat sohalarida qo‘shma ishlab chiqarish, mahalliylashtirish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, forum yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘istonning savdo-sanoat palatalari hamda davlat idoralari ishtirokida doimiy ekspertlar guruhini tuzish taklif etildi.
Guruh tarif, xomashyo va bojxona mexanizmlarini muvofiqlashtirish, transport-logistika jarayonlarini raqamlashtirish va tovarlarni chegara orqali olib o‘tishni yengillashtirish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishi mumkin.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ma’lumotiga
ko‘ra, forumda Qozog‘istonning qurilish, agrosanoat, yengil sanoat, mashinasozlik, logistika, tibbiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalaridagi 100 dan ortiq yetakchi kompaniyasi ishtirok etdi.