O‘zbekiston oltin xaridi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekiston oltin xaridi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yilning birinchi yarmida 41 tonna oltin sotib olib, dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi. Iyun oyining o‘zida xarid 9 tonnani tashkil etdi, deb ma’lum qildi Jahon oltin kengashi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yilning birinchi yarmida 41 tonna oltin sotib olib, dunyodagi markaziy banklar orasida ikkinchi yirik xaridor bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (WGC) iyun oyi statistikasida ma’lum qildi.Yanvar–iyun oylarida eng ko‘p oltinni Polsha Milliy banki — 82 tonna xarid qilgan. Keyingi o‘rinlarni O‘zbekiston — 41 tonna, Xitoy — 40 tonna va Qozog‘iston — 27 tonna bilan egalladi. Qozog‘iston va Singapurning har biri 7 tonnadan oltin xarid qilgan.Umuman, dunyo markaziy banklari iyunda sof hisobda 51 tonna oltin sotib oldi. Yalpi xaridlar 63 tonnani, sotuvlar esa 12 tonnani tashkil etdi. 2026-yil boshidan ochiq e’lon qilingan sof xaridlar hajmi 102 tonnaga yetdi.Jahon oltin kengashining may oyi bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining 87 foizi oltin hissasiga to‘g‘ri kelishi qayd etilgan edi.
O‘zbekiston 2026-yilning birinchi yarmida 41 tonna oltin sotib olib, dunyo markaziy banklari orasida ikkinchi o‘rinni egalladi
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yilning birinchi yarmida 41 tonna oltin sotib olib, dunyodagi markaziy banklar orasida ikkinchi yirik xaridor bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (WGC) iyun oyi statistikasida ma’lum qildi.
Yanvar–iyun oylarida eng ko‘p oltinni Polsha Milliy banki — 82 tonna xarid qilgan. Keyingi o‘rinlarni O‘zbekiston — 41 tonna, Xitoy — 40 tonna va Qozog‘iston — 27 tonna bilan egalladi.
Iyun oyining o‘zida O‘zbekiston Markaziy banki oltin zaxiralarini yana 9 tonnaga oshirdi. Oylik xarid hajmi bo‘yicha O‘zbekiston Polsha — 19 tonna va Xitoydan — 15 tonna keyin uchinchi o‘rinni egalladi.
Qozog‘iston va Singapurning har biri 7 tonnadan oltin xarid qilgan.
Umuman, dunyo markaziy banklari iyunda sof hisobda 51 tonna oltin sotib oldi. Yalpi xaridlar 63 tonnani, sotuvlar esa 12 tonnani tashkil etdi. 2026-yil boshidan ochiq e’lon qilingan sof xaridlar hajmi 102 tonnaga yetdi.
Jahon oltin kengashining may oyi bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining 87 foizi oltin hissasiga to‘g‘ri kelishi qayd etilgan edi.
WGC statistikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasi, markaziy banklar va boshqa rasmiy institutlar ochiq e’lon qilgan ma’lumotlarga asoslanadi. Keyinroq taqdim etiladigan ma’lumotlar sababli raqamlarga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.