https://oz.sputniknews.uz/20260805/talim-bolalar-oilabay-ishlash-59503521.html
Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan "oilabay" ishlash boshlanadi
Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan "oilabay" ishlash boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan "oilabay" ishlash tizimi joriy etiladi. Nodavlat maktablarga subsidiya beriladi, nogironligi bo‘lgan abituriyentlar esa imtihonda qo‘shimcha vaqt oladi.
2026-08-05T14:57+0500
2026-08-05T14:57+0500
2026-08-05T15:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston
oliy ta’lim muassasalari
ta’lim
olimpiada
maktab
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/0a/15368141_0:184:2989:1865_1920x0_80_0_0_5757e351c41059287631b82a16460aab.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 1-sentabrdan alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim, ijtimoiy yordam va xizmatlar bilan qamrab olish bo‘yicha "oilabay" ishlash tizimi joriy etiladi. Bu prezidentning 4-avgustda qabul qilingan qarorida belgilandi.Yangi tartibga ko‘ra, ijtimoiy xodim ota-onalarga bolani zarur ta’lim va ijtimoiy xizmatlarga jalb etishda amaliy yordam beradi. Bolaning ushbu xizmatlardan foydalanishi doimiy kuzatib borilib, zaruratga qarab qo‘shimcha yordam turlariga yo‘naltiriladi.Bolaning ta’limga ehtiyoji psixologik-pedagogik diagnostika, funksional imkoniyatlari va kundalik hayotdagi faolligi esa mahalliy sharoitga moslashtirilgan baholash mezonlari asosida o‘rganiladi. Yangi tizim 1-oktabrdan Navoiy va Xorazm viloyatlarida sinov tariqasida ishga tushiriladi.2026/2027 o‘quv yilidan ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida har bir bola uchun uning imkoniyatlari, o‘zlashtirish darajasi va ta’lim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda individual ta’lim rejasi ishlab chiqiladi.Shuningdek, 1-sentabrdan korreksion sinflar tashkil etgan nodavlat maktablarga har bir o‘quvchi uchun subsidiya beriladi. Uning miqdori Toshkent shahrida BHMning 11 baravari, viloyat markazlari va Nukusda 9,5 baravari, boshqa hududlarda esa 8,5 baravarini tashkil etadi.2027 yil 1-maydan bolalarni vaucher asosida zamonaviy assistiv — o‘qish, muloqot qilish va harakatlanishga yordam beruvchi jihozlar bilan ta’minlash tizimi joriy qilinadi.Bunday imkoniyatlar pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat olish imtihonlarida ham qo‘llaniladi.Qaror bilan maxsus pedagoglarni onlayn va oflayn malaka oshirish, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga xorijiy til o‘rgatuvchi pedagoglarni maqsadli tayyorlash ham nazarda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260428/ruhiy-nogiron-madad-uylar-57187844.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/0a/15368141_129:0:2860:2048_1920x0_80_0_0_7a2665d3f59af25d5515841f7b03ec09.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim, olimpiada , maktab
jamiyat, o‘zbekiston, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim, olimpiada , maktab
Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan "oilabay" ishlash boshlanadi
14:57 05.08.2026 (yangilandi: 15:01 05.08.2026) Ijtimoiy xodimlar oilalarga bolani zarur ta’lim va ijtimoiy xizmatlarga jalb etishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 1-sentabrdan alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim, ijtimoiy yordam va xizmatlar bilan qamrab olish bo‘yicha "oilabay" ishlash tizimi joriy etiladi. Bu prezidentning 4-avgustda qabul qilingan qarorida
belgilandi.
Yangi tartibga ko‘ra, ijtimoiy xodim ota-onalarga bolani zarur ta’lim va ijtimoiy xizmatlarga jalb etishda amaliy yordam beradi. Bolaning ushbu xizmatlardan foydalanishi doimiy kuzatib borilib, zaruratga qarab qo‘shimcha yordam turlariga yo‘naltiriladi.
3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning alohida ta’limga ehtiyojini aniqlash va ularni davlat ta’lim muassasalariga yo‘naltirish "Inson" markazlari huzuridagi Bolani kompleks baholash guruhlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bolaning ta’limga ehtiyoji psixologik-pedagogik diagnostika, funksional imkoniyatlari va kundalik hayotdagi faolligi esa mahalliy sharoitga moslashtirilgan baholash mezonlari asosida o‘rganiladi. Yangi tizim 1-oktabrdan Navoiy va Xorazm viloyatlarida sinov tariqasida ishga tushiriladi.
2026/2027 o‘quv yilidan ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida har bir bola uchun uning imkoniyatlari, o‘zlashtirish darajasi va ta’lim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda individual ta’lim rejasi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, 1-sentabrdan korreksion sinflar tashkil etgan nodavlat maktablarga har bir o‘quvchi uchun subsidiya beriladi. Uning miqdori Toshkent shahrida BHMning 11 baravari, viloyat markazlari va Nukusda 9,5 baravari, boshqa hududlarda esa 8,5 baravarini tashkil etadi.
2027 yil 1-maydan bolalarni vaucher asosida zamonaviy assistiv — o‘qish, muloqot qilish va harakatlanishga yordam beruvchi jihozlar bilan ta’minlash tizimi joriy qilinadi.
2027/2028 o‘quv yilidan nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga oliygohga kirish imtihonlarida belgilangan vaqtning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha vaqt beriladi. Ular Brayl alifbosi, audio va elektron formatdagi imtihon materiallaridan ham foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Bunday imkoniyatlar pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat olish imtihonlarida ham qo‘llaniladi.
Qaror bilan maxsus pedagoglarni onlayn va oflayn malaka oshirish, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga xorijiy til o‘rgatuvchi pedagoglarni maqsadli tayyorlash ham nazarda tutilgan.