O‘zbekiston shaxsiy ma’lumotlarni saqlash mumkin bo‘lgan 49 davlatni belgiladi
O‘zbekiston shaxsiy ma’lumotlarni saqlash mumkin bo‘lgan 49 davlatni belgiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumati shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish talablariga javob beradigan 49 ta davlat va hudud ro‘yxatini tasdiqladi. Unga Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Kanada, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar kiritildi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonda fuqarolarning ayrim shaxsiy ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash mumkin bo‘lgan 49 ta xorijiy davlat va hudud ro‘yxati tasdiqlandi. Bu 2026-yil 3-avgustdan kuchga kirgan Vazirlar Mahkamasining 415-son qarorida belgilangan. Ro‘yxatga Rossiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gonkong, AQSh hamda Yevropa davlatlarining aksariyati kiritilgan.Mazkur davlatlar shaxsga doir ma’lumotlarni bir xil darajada himoya qilishni ta’minlaydigan mamlakatlar sifatida tan olindi.Ushbu toifalarga kirmaydigan shaxsiy ma’lumotlarni esa himoya darajasi yetarli deb tan olingan xorijiy davlatlarda saqlash va qayta ishlash mumkin.Ro‘yxatdagi davlatlarga shaxsga doir va egasizlantirilgan ma’lumotlar xalqaro bitimlar asosida yaratilgan axborot tizimlari orqali avtomatik tarzda uzatilishi mumkin. Bunda qo‘shimcha ruxsat olish yoki vakolatli davlat organini xabardor qilish talab etilmaydi, ammo ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish choralari ko‘rilishi shart.Ro‘yxatga kirmagan davlatlarga ma’lumot uzatish ham to‘liq taqiqlanmaydi. Buning uchun operator belgilangan standart shartnomaviy shartlar yoki majburiy korporativ qoidalarga rioya qilishi, yoxud shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish va saqlash bo‘yicha tan olingan xalqaro standartlarni qo‘llashi kerak.
O‘zbekistonda ayrim shaxsiy ma’lumotlarni 49 davlatda saqlash va qayta ishlash mumkin bo‘ldi. Rossiya ham ushbu ro‘yxatga kiritildi
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonda fuqarolarning ayrim shaxsiy ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash mumkin bo‘lgan 49 ta xorijiy davlat va hudud ro‘yxati tasdiqlandi. Bu 2026-yil 3-avgustdan kuchga kirgan Vazirlar Mahkamasining 415-son qarorida belgilangan.
Ro‘yxatga Rossiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gonkong, AQSh hamda Yevropa davlatlarining aksariyati kiritilgan.
Mazkur davlatlar shaxsga doir ma’lumotlarni bir xil darajada himoya qilishni ta’minlaydigan mamlakatlar sifatida tan olindi.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolarining biometrik va genetik ma’lumotlari, shuningdek, mamlakatda ishlaydigan telekommunikatsiya operatorlari foydalanuvchilariga oid ma’lumotlar respublika hududida saqlanishi shart.
Ushbu toifalarga kirmaydigan shaxsiy ma’lumotlarni esa himoya darajasi yetarli deb tan olingan xorijiy davlatlarda saqlash va qayta ishlash mumkin.
Ro‘yxatdagi davlatlarga shaxsga doir va egasizlantirilgan ma’lumotlar xalqaro bitimlar asosida yaratilgan axborot tizimlari orqali avtomatik tarzda uzatilishi mumkin. Bunda qo‘shimcha ruxsat olish yoki vakolatli davlat organini xabardor qilish talab etilmaydi, ammo ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish choralari ko‘rilishi shart.
Ro‘yxatga kirmagan davlatlarga ma’lumot uzatish ham to‘liq taqiqlanmaydi. Buning uchun operator belgilangan standart shartnomaviy shartlar yoki majburiy korporativ qoidalarga rioya qilishi, yoxud shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish va saqlash bo‘yicha tan olingan xalqaro standartlarni qo‘llashi kerak.
Yangi tartib PayPal kabi xalqaro raqamli va to‘lov xizmatlarining O‘zbekiston bozoriga kirishi uchun shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog‘liq huquqiy to‘siqlardan birini kamaytiradi. Biroq qaror mazkur xizmatlar O‘zbekistonda avtomatik ravishda ishga tushishini anglatmaydi.