23,5 ming tashabbus va 2,18 trln so‘m: Tashabbusli budjet (Open budjet) viloyatlar kesimida

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Moskve
Povsednevnaya jizn v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2026
Obuna bo‘lish
Ikkinchi mavsumda 23 551 ta loyiha taqdim etildi. Loyihalar soni qariyb 12 foizga oshdi, mablag‘ esa deyarli o‘zgarmadi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumida fuqarolar tomonidan 23 551 ta loyiha taqdim etildi. Ularni moliyalashtirish uchun hududlarga jami 2 trln 187,7 mlrd so‘m ajratilgan.
Birinchi mavsum bilan solishtirganda tashabbuslar soni 2 502 taga yoki 11,9 foizga ko‘paygan. Joriy yilning birinchi mavsumida 21 049 ta loyiha taqdim etilgan va ular uchun 2 trln 188,2 mlrd so‘m ajratilgan edi.
Demak, loyihalar qariyb 12 foizga ko‘paygan bo‘lsa-da, moliyalashtirish hajmi deyarli o‘zgarmagan — 500 mln so‘mga kamaygan.
Qaysi hududdan qancha loyiha kelib tushdi?
Loyihalar soni bo‘yicha Samarqand viloyati birinchi o‘rinni egalladi. Birinchi mavsumda esa Toshkent viloyati yetakchi edi. Farg‘ona viloyati loyihalar soni bo‘yicha ikkinchi, ajratilgan mablag‘ bo‘yicha esa birinchi o‘rinda qayd etildi.
Hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar:

Viloyat

Loyihalar soni

Ajratilgan mablag‘ (so‘m)

Samarqand viloyati

2 583

233 mlrd 676 mln

Farg‘ona viloyati

2 316

245 mlrd 50 mln

Toshkent viloyati

2 313

223 mlrd 163 mln

Andijon viloyati

2 096

220 mlrd 178 mln

Namangan viloyati

1 925

184 mlrd 28 mln

Qashqadaryo viloyati

1 886

184 mlrd 632 mln

Surxondaryo viloyati

1 760

179 mlrd 23 mln

Toshkent shahri

1 546

99 mlrd 530 mln

Xorazm viloyati

1 525

123 mlrd 974 mln

Buxoro viloyati

1 500

126 mlrd 917 mln

Qoraqalpog‘iston Resp.

1 453

127 mlrd 559 mln

Jizzax viloyati

974

86 mlrd 550 mln

Navoiy viloyati

914

88 mlrd 186 mln

Sirdaryo viloyati

760

65 mlrd 225 mln

Eng ko‘p mablag‘ ajratilgan tuman va shaharlar
Samarqand viloyatida:
Urgut tumani — 24 mlrd 720 mln so‘m;
Pastdarg‘om tumani — 24 mlrd 488 mln so‘m;
Samarqand shahri — 24 mlrd 442 mln so‘m.
Surxondaryo viloyatida:
Denov tumani — 24 mlrd 303 mln so‘m;
Jarqo‘rg‘on tumani — 16 mlrd 800 mln so‘m;
Qumqo‘rg‘on tumani — 15 mlrd 376 mln so‘m.
Andijon viloyatida:
Andijon shahri — 21 mlrd 40 mln so‘m;
Shahrixon tumani — 20 mlrd 217 mln so‘m;
Andijon tumani — 19 mlrd 932 mln so‘m.
Toshkent viloyatida:
Angren shahri — 19 mlrd 722 mln so‘m;
Chirchiq shahri — 15 mlrd 37 mln so‘m;
Piskent tumani — 13 mlrd 110 mln so‘m.
Namangan viloyatida:
Pop tumani — 18 mlrd 954 mln so‘m;
Yangiqo‘rg‘on tumani — 17 mlrd 654 mln so‘m;
Chust tumani — 17 mlrd 85 mln so‘m.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida:
Nukus shahri — 18 mlrd 608 mln so‘m;
Amudaryo tumani — 12 mlrd 244 mln so‘m;
To‘rtko‘l tumani — 11 mlrd 674 mln so‘m;
Qo‘ng‘irot tumani — 10 mlrd 251 mln so‘m.
Qashqadaryo viloyatida:
Koson tumani — 18 mlrd 214 mln so‘m;
Qarshi shahri — 15 mlrd 361 mln so‘m;
Yakkabog‘ tumani — 15 mlrd 91 mln so‘m.
Farg‘ona viloyatida:
Farg‘ona shahri — 17 mlrd 939 mln so‘m;
O‘zbekiston tumani — 17 mlrd 939 mln so‘m;
Farg‘ona tumani — 17 mlrd 723 mln so‘m.
Navoiy viloyatida:
Xatirchi tumani — 17 mlrd 623 mln so‘m;
Qiziltepa tumani — 11 mlrd 674 mln so‘m;
Navbahor tumani — 9 mlrd 681 mln so‘m;
Karmana tumani — 9 mlrd 681 mln so‘m.
Buxoro viloyatida:
G‘ijduvon tumani — 17 mlrd 85 mln so‘m;
Buxoro shahri — 16 mlrd 515 mln so‘m;
Shofirkon tumani — 11 mlrd 959 mln so‘m;
Jondor tumani — 11 mlrd 674 mln so‘m.
Xorazm viloyatida:
Urganch tumani — 14 mlrd 144 mln so‘m;
Shovot tumani — 12 mlrd 813 mln so‘m;
Qo‘shko‘pir tumani — 11 mlrd 959 mln so‘m;
Jizzax viloyatida:
Sharof Rashidov tumani — 12 mlrd 182 mln so‘m;
Zomin tumani — 9 mlrd 681 mln so‘m;
Baxmal tumani — 8 mlrd 542 mln so‘m.
Sirdaryo viloyatida:
Sirdaryo tumani — 9 mlrd 966 mln so‘m;
Boyovut tumani — 7 mlrd 372 mln so‘m;
Xovos tumani — 6 mlrd 549 mln so‘m.
Birinchi mavsumda loyihalar soni bo‘yicha Toshkent viloyati 2 129 ta tashabbus bilan yetakchilik qilgan edi. Farg‘ona viloyatidan 2 050 ta, Samarqand viloyatidan esa 1 832 ta tashabbus kelib tushgan. Ikkinchi mavsumda Samarqandda loyihalar soni 751 taga yoki qariyb 41 foizga ko‘payib, viloyat birinchi o‘ringa chiqdi.
Keltirilgan loyihalar soni saralashdan oldingi, 3-avgust holatidagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Moderatsiya natijasida ovoz berishga qo‘yiladigan tashabbuslar soni kamayishi mumkin.
Monitor s otkritim veb-portalom OpenBudget - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2026
“Tashabbusli budjet” (Open budjet)da ovoz berish boshlandi: mablag‘lar, loyihalar va hududlar
Yangiliklar lentasi
0