https://oz.sputniknews.uz/20260804/davlat-xizmatchilar-maosh-59487592.html
KPI, ustama va bonuslar: davlat xizmatchilari maoshi qanday o‘zgarishi mumkin?
KPI, ustama va bonuslar: davlat xizmatchilari maoshi qanday o‘zgarishi mumkin?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uchun yagona va natijaga asoslangan ish haqi tizimi taklif qilindi. U 54 ming xodimni qamrab olib, 11 razrad, 6 pog‘ona, KPI ustamalari va aniq mezonlar asosida bonus to‘lovlarini nazarda tutadi.
2026-08-04T16:58+0500
2026-08-04T16:58+0500
2026-08-04T16:58+0500
shavkat mirziyoyev
maosh
ma’muriy ish
sun’iy intellekt
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/15/47636543_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_67440bdcabf3b449ba730b09ce1bb4ac.jpg
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat fuqarolik xizmatchilarining ish haqi tizimi va mehnatga haq to‘lash shartlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, davlat organlaridagi boshqaruv xodimlari shtat birliklari 2016-yildagi 73 mingtadan 54 mingtaga maqbullashtirilgan.Yangi tizimda davlat organlari milliy, respublika, hududiy, shuningdek, tuman va shahar darajalariga ajratiladi. Xodimlar esa bajaradigan vazifalariga qarab ma’muriy boshqaruv, asosiy va qo‘llab-quvvatlash guruhlariga bo‘linadi.Xalqaro tajriba asosida 11 ta razrad va 6 ta pog‘onadan iborat yangi ish haqi setkasini joriy etish rejalashtirilgan. Hozirgi o‘ndan ortiq ustama va mukofot o‘rniga uchta asosiy rag‘batlantirish to‘lovi qoldiriladi.Ustamalar xodimning malaka darajasi, funksional vazifalarni bajarishi, ijro va mehnat intizomi, tashabbuskorligi hamda samaradorlik ko‘rsatkichlari — KPI asosida belgilanadi.Muhim va murakkab vazifalarni bajargan, innovatsion yondashuvlarni joriy etgan va yuqori natija ko‘rsatgan xodimlarga hisobot davri yakuni bo‘yicha bonus to‘lash nazarda tutilmoqda.Hududiy boshqarmalar xodimlarining ish haqi tegishli hokimliklardagi o‘xshash lavozimlar maoshidan yuqori bo‘lmaydi. Tuman va shaharlarda maosh hamda shtat birliklarini belgilashda aholi soni va hududning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260727/uzbekistan-ish-haqi-59301990.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/15/47636543_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_c85e1f2b99b860a398cc55ab94ad241a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, maosh, ma’muriy ish, sun’iy intellekt, jamiyat, o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev, maosh, ma’muriy ish, sun’iy intellekt, jamiyat, o‘zbekiston
KPI, ustama va bonuslar: davlat xizmatchilari maoshi qanday o‘zgarishi mumkin?
Yangi tizim 54 ming davlat xizmatchisini qamrab olib, 11 razrad, 6 pog‘ona hamda KPIga asoslangan to‘lovlarni nazarda tutadi
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat fuqarolik xizmatchilarining ish haqi tizimi va mehnatga haq to‘lash shartlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, davlat organlaridagi boshqaruv xodimlari shtat birliklari 2016-yildagi 73 mingtadan 54 mingtaga maqbullashtirilgan.
Endi 54 ming nafar davlat xizmatchisini qamrab oladigan yagona, ochiq va mehnat natijalariga asoslangan ish haqi tizimini joriy etish taklif qilinmoqda.
Yangi tizimda davlat organlari milliy, respublika, hududiy, shuningdek, tuman va shahar darajalariga ajratiladi. Xodimlar esa bajaradigan vazifalariga qarab ma’muriy boshqaruv, asosiy va qo‘llab-quvvatlash guruhlariga bo‘linadi.
Xalqaro tajriba asosida 11 ta razrad va 6 ta pog‘onadan iborat yangi ish haqi setkasini joriy etish rejalashtirilgan. Hozirgi o‘ndan ortiq ustama va mukofot o‘rniga uchta asosiy rag‘batlantirish to‘lovi qoldiriladi.
Ustamalar xodimning malaka darajasi, funksional vazifalarni bajarishi, ijro va mehnat intizomi, tashabbuskorligi hamda samaradorlik ko‘rsatkichlari — KPI asosida belgilanadi.
Muhim va murakkab vazifalarni bajargan, innovatsion yondashuvlarni joriy etgan va yuqori natija ko‘rsatgan xodimlarga hisobot davri yakuni bo‘yicha bonus to‘lash nazarda tutilmoqda.
Bonuslarni belgilashda xodimning ilg‘or axborot texnologiyalari, jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish ko‘nikmalari, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishi, tajribasi va malakasini oshirishi ham inobatga olinadi.
Hududiy boshqarmalar xodimlarining ish haqi tegishli hokimliklardagi o‘xshash lavozimlar maoshidan yuqori bo‘lmaydi. Tuman va shaharlarda maosh hamda shtat birliklarini belgilashda aholi soni va hududning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.