https://oz.sputniknews.uz/20260803/tashkent-yashil-tolqin-59457743.html
Toshkent svetoforlarida "yashil to‘lqin": Kichik halqa yo‘lida harakat vaqti 45 foizga qisqardi
Toshkent svetoforlarida "yashil to‘lqin": Kichik halqa yo‘lida harakat vaqti 45 foizga qisqardi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bog‘ibuston ko‘chasidan "Chilonzor" metrosigacha bo‘lgan qismida "Yashil to‘lqin" joriy etildi. Beshta svetofor sinxronlashtirilib, harakat vaqti 45 foizga qisqardi.
2026-08-03T14:34+0500
2026-08-03T14:34+0500
2026-08-03T14:34+0500
toshkent
yo‘l
avtomobil
avtomobil yo‘li
transport
jamiyat
haydovchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37171965_0:160:3071:1887_1920x0_80_0_0_9fdbfa3abad84d289fc7d46e7b660f88.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Toshkentda "Yashil to‘lqin" tizimining navbatdagi bosqichi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismida joriy etildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.Markaz mutaxassislari Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bog‘ibuston ko‘chasi bilan kesishmasidan "Chilonzor" metro bekatigacha bo‘lgan 1,7 kilometrli qismidagi beshta svetofor ishini o‘zaro muvofiqlashtirdi."Yashil to‘lqin" — bir yo‘nalishdagi svetoforlarni o‘zaro sinxronlashtirish tizimi. Haydovchi belgilangan tezlikda harakatlansa, keyingi chorrahalarga yashil chiroq yongan vaqtda yetib boradi va har bir svetofor oldida to‘xtab turishiga hojat qolmaydi.Yangi yo‘nalishda tizim ilk bor sutka davomida bir vaqtning o‘zida har ikki tomonga ishlaydi. Bunga ushbu yo‘l qismidagi transport oqimi ikki yo‘nalishda ham deyarli teng ekani imkon bergan.Markaz ma’lumotiga ko‘ra, haydovchilar soatiga 40–60 kilometr tezlikka rioya qilgan holda beshta chorrahani svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamasdan bosib o‘tishi mumkin. Biroq transport oqimi zichlashganda yoki boshqa yo‘llarda tirbandlik yuzaga kelganda tizim samarasi o‘zgarishi mumkin.Hozir "Yashil to‘lqin" poytaxtdagi umumiy uzunligi 5,7 kilometr bo‘lgan ikki yo‘l qismi va 18 ta tartibga solinadigan chorrahani qamrab olmoqda. Ushbu yo‘nalishlarda harakatlanish vaqti o‘rtacha 30 foizga kamaygan.
https://oz.sputniknews.uz/20260115/tashkent-kochalar-harakat-ozgarish-54825611.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37171965_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_ad89a41f772a392c0f92bccee435be54.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, yo‘l, avtomobil, avtomobil yo‘li , transport, jamiyat, haydovchilar
toshkent, yo‘l, avtomobil, avtomobil yo‘li , transport, jamiyat, haydovchilar
Toshkent svetoforlarida "yashil to‘lqin": Kichik halqa yo‘lida harakat vaqti 45 foizga qisqardi
Kichik halqa yo‘lining 1,7 km qismida beshta svetofor sinxronlashtirildi, yo‘l vaqti 5 daqiqadan 2 daqiqa 45 soniyaga tushdi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Toshkentda "Yashil to‘lqin" tizimining navbatdagi bosqichi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismida joriy etildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi
ma’lum qildi.
Markaz mutaxassislari Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bog‘ibuston ko‘chasi bilan kesishmasidan "Chilonzor" metro bekatigacha bo‘lgan 1,7 kilometrli qismidagi beshta svetofor ishini o‘zaro muvofiqlashtirdi.
Natijada ushbu yo‘l qismini bosib o‘tish uchun sarflanadigan o‘rtacha vaqt 5 daqiqadan 2 daqiqa 45 soniyagacha, ya’ni 45 foizga qisqargan.
"Yashil to‘lqin" — bir yo‘nalishdagi svetoforlarni o‘zaro sinxronlashtirish tizimi. Haydovchi belgilangan tezlikda harakatlansa, keyingi chorrahalarga yashil chiroq yongan vaqtda yetib boradi va har bir svetofor oldida to‘xtab turishiga hojat qolmaydi.
Yangi yo‘nalishda tizim ilk bor sutka davomida bir vaqtning o‘zida har ikki tomonga ishlaydi. Bunga ushbu yo‘l qismidagi transport oqimi ikki yo‘nalishda ham deyarli teng ekani imkon bergan.
Markaz ma’lumotiga ko‘ra, haydovchilar soatiga 40–60 kilometr tezlikka rioya qilgan holda beshta chorrahani svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamasdan bosib o‘tishi mumkin. Biroq transport oqimi zichlashganda yoki boshqa yo‘llarda tirbandlik yuzaga kelganda tizim samarasi o‘zgarishi mumkin.
Avvalroq "Yashil to‘lqin" tizimining birinchi bosqichi Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joriy etilgan edi. "To‘ra Buva" masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishdagi 13 ta chorraha svetoforlari sinxronlashtirilib, harakat vaqti yo‘nalishga qarab 20–29 foizga qisqargan.
Hozir "Yashil to‘lqin" poytaxtdagi umumiy uzunligi 5,7 kilometr bo‘lgan ikki yo‘l qismi va 18 ta tartibga solinadigan chorrahani qamrab olmoqda. Ushbu yo‘nalishlarda harakatlanish vaqti o‘rtacha 30 foizga kamaygan.