Temiryo‘lchilar kuniga: Toshkentdagi "Parovozlar muzeyi"da nimalar saqlanmoqda

© Sputnik / Baxrom XatamovP36-0250 yo‘lovchi parovozi — temiryo‘lchilar orasida "General" nomi bilan mashhur
P36-0250 yo‘lovchi parovozi — temiryo‘lchilar orasida General nomi bilan mashhur - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Temiryo‘lchilar kuni munosabati bilan Sputnik O‘zbekiston muxbiri Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyiga tashrif buyurib, turli davrlarga oid lokomotiv va vagonlar bilan tanishdi.
Poytaxt markazida, Shimoliy vokzal yaqinida Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyi joylashgan. Shahar aholisi uni ko‘pincha "Parovozlar muzeyi" deb ataydi. Bu yerda temir yo‘l tarixi nafaqat arxiv hujjatlari va suratlar, balki o‘nlab yillar davomida Markaziy Osiyo yo‘llarida xizmat qilgan haqiqiy lokomotivlar orqali ham namoyon bo‘ladi.
"Olovli arava"dan zamonaviy lokomotivlargacha
Mintaqada temir yo‘l tarmog‘ining barpo etilishi XIX asr oxiridagi eng yirik muhandislik loyihalaridan biri bo‘lgan. Zakaspiy harbiy temir yo‘li qurilishi 1880-yilda boshlangan. Yo‘l Qoraqum cho‘li orqali, suvsiz hududlar va ko‘chma qumlar orasidan o‘tkazilgan.
1885 yilda temir yo‘l Ashxobodga, 1886-yilda Chorjo‘yga, 1888-yilda esa Samarqandga yetib keldi. Keyinchalik tarmoqlar Toshkent, Farg‘ona vodiysi va Andijon tomon kengaytirildi. 1906-yilda Orenburg — Toshkent magistralining ishga tushirilishi Markaziy Osiyoni mamlakatning markaziy hududlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘ladi.
© Sputnik / Baxrom XatamovToshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining asosiy kirish qismi
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining asosiy kirish qismi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining asosiy kirish qismi
Yubiley ko‘rgazmasidan muzeygacha
Muzey tarixi 1988-yilda, O‘rta Osiyo temir yo‘lining 100-yilligi nishonlangan davrda boshlangan. Toshkent-Yo‘lovchi stansiyasida lokomotivlarning vaqtinchalik ko‘rgazmasi tashkil etildi. U poytaxt aholisi va mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otgach, ekspozitsiyani saqlab qolishga qaror qilindi.
Muzey 1989-yil 4-avgustda tantanali ravishda ochildi. Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, bugun ochiq osmon ostida 43 ga yaqin yirik eksponat — parovozlar, teplovozlar, elektrovozlar, yo‘lovchi vagonlari, elektropoyezdning bosh vagoni hamda yo‘l qurilishi va ta’mirlash texnikasi namunalari saqlanmoqda.
Muzey fondida ikki mingdan ortiq tarixiy surat, arxiv hujjatlari, temiryo‘lchilar kiyimlari, asbob-uskunalar va aloqa vositalari ham bor.

"Har bir eksponat — o‘z davrining, shu texnikani yaratgan va unda kechayu kunduz, issiqda ham, sovuqda ham mehnat qilgan insonlarning yodgorligidir", — deydi muzey fondining bosh saqlovchisi Vladimir Lankevich.

© Sputnik / Baxrom XatamovMuzey fondining bosh saqlovchisi Vladimir Lankevich
Muzey fondining bosh saqlovchisi Vladimir Lankevich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Muzey fondining bosh saqlovchisi Vladimir Lankevich
KCh-4 dan "General"gacha
Muzey darvozasi oldida mehmonlarni Škoda zavodida ishlab chiqarilgan KCh-4-228 tor izli parovozi kutib oladi. Bunday parovozlar torf korxonalari va bolalar temir yo‘llarida ishlatilgan.
© Sputnik / Baxrom XatamovMuzey ramziga aylangan KCh-4-228 tor izli parovozi
Muzey ramziga aylangan KCh-4-228 tor izli parovozi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Muzey ramziga aylangan KCh-4-228 tor izli parovozi

"Bu O‘zbekistonda saqlanib qolgan shu turdagi yagona tor izli parovoz. Bugun u muzeyimizning ramziga aylangan", — deydi Vladimir Lankevich.

Ekspozitsiyadagi eng qadimiy texnikalardan biri — 1924-yilda ishlab chiqarilgan SU-250-94 yo‘lovchi parovozidir. Katta diametrli harakatlantiruvchi g‘ildiraklari tufayli u soatiga 115 kilometrgacha tezlikka erisha olgan.
© Sputnik / Baxrom XatamovSU-250-94 yo‘lovchi parovozi — muzeydagi eng qadimiy eksponatlardan biri
SU-250-94 yo‘lovchi parovozi — muzeydagi eng qadimiy eksponatlardan biri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
SU-250-94 yo‘lovchi parovozi — muzeydagi eng qadimiy eksponatlardan biri
TGK2-2245 — Kaluga zavodida ishlab chiqarilgan kam quvvatli, ikki o‘qli manyovr teplovozi. U SSSRdagi sanoat korxonalari va yirik temir yo‘l stansiyalarida, jumladan, O‘zbekistonda ham foydalanilgan. Teplovoz U1D6 dizel dvigateli va gidromexanik uzatma bilan jihozlangan bo‘lib, quvvati 250 ot kuchini tashkil etadi va soatiga 60 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.
© Sputnik / Baxrom XatamovOchiq osmon ostidagi ekspozitsiyada TGK-2 manyovr teplovozi
Ochiq osmon ostidagi ekspozitsiyada TGK-2 manyovr teplovozi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Ochiq osmon ostidagi ekspozitsiyada TGK-2 manyovr teplovozi
Uning yaqinida Ikkinchi jahon urushi yillarida lend-liz dasturi bo‘yicha yetkazib berilgan Amerikaning Yea yuk parovozi turibdi. Muzey mutaxassislarining aytishicha, yuk parovozlarini qora rangga bo‘yash amaliy jihatdan qulay bo‘lgan: ko‘mir tutuni va qurum korpusda kamroq ko‘zga tashlangan.
Yea-2371 — 1944-yilda AQShning Baldwin Locomotive Works zavodida ishlab chiqarilgan qudratli yuk parovozi. Quvvati qariyb 2200 ot kuchiga teng bo‘lgan lokomotiv soatiga 70 kilometrgacha tezlikda harakatlangan. Bugungi kunda u Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyida namoyish etilmoqda.
© Sputnik / Baxrom XatamovYea-2371 — 1944-yilda AQShning Baldwin Locomotive Works zavodida ishlab chiqarilgan
Yea-2371 — 1944-yilda AQShning Baldwin Locomotive Works zavodida ishlab chiqarilgan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Yea-2371 — 1944-yilda AQShning Baldwin Locomotive Works zavodida ishlab chiqarilgan
Amerikaning elektr uzatmali DA20-68 teplovozi ham alohida ahamiyatga ega. Shu seriyadagi mashinalar keyinchalik sovet TE1 teplovozini yaratish uchun texnik asos bo‘lgan. Kolleksiyada 1943-yilda ishlab chiqarilgan noyob nemis trofey parovozi ham saqlanmoqda.
DA20-68 — lend-liz dasturi asosida SSSRga yetkazib berilgan, AQShda ishlab chiqarilgan olti o‘qli teplovoz. Quvvati 1000 ot kuchiga teng lokomotiv soatiga 96 kilometrgacha tezlikda harakatlangan va sovetlarning TE1 teplovozi uchun prototip bo‘lib xizmat qilgan. Ushbu seriyadagi teplovozlardan biri Stalinning Potsdam konferensiyasiga borgan poyezdini boshqargan.
© Sputnik / Baxrom XatamovDA20-68 — AQShda ishlab chiqarilgan olti o‘qli teplovoz
DA20-68 — AQShda ishlab chiqarilgan olti o‘qli teplovoz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
DA20-68 — AQShda ishlab chiqarilgan olti o‘qli teplovoz
Muzeyning eng ko‘rkam eksponatlaridan biri — temiryo‘lchilar orasida "General" nomi bilan mashhur bo‘lgan P36-0250 yo‘lovchi parovozi. U 1956-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, quvvati uch ming ot kuchiga, tezligi esa soatiga 125 kilometrga yetgan. Bu SSSRda ishlab chiqarilgan so‘nggi parovozlardan biridir.
© Sputnik / Baxrom XatamovP36-0250 yo‘lovchi parovozi — temiryo‘lchilar orasida "General" nomi bilan mashhur
P36-0250 yo‘lovchi parovozi — temiryo‘lchilar orasida General nomi bilan mashhur - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
P36-0250 yo‘lovchi parovozi — temiryo‘lchilar orasida "General" nomi bilan mashhur
Dunyoda saqlanib qolgan yagona vagon
Tashrif buyuruvchilarning e’tiborini 1965-yilda Leningradda ishlab chiqarilgan panorama gumbazli ikki qavatli vagon ham jalb qiladi. Jami 25 ta shunday vagon tayyorlangan. Muzey xodimlarining ta’kidlashicha, Toshkentdagi nusxa dunyoda saqlanib qolgan yagona vagondir.
U dastlab turistik va magistral yo‘nalishlarda ishlatilgan. Biroq temir yo‘llar elektrlashtirilgandan keyin vagonning balandligi kontakt tarmog‘i ostida harakatlanish uchun xavf tug‘dira boshlagan. Ko‘plab vagonlar yo‘q qilingan, bu nusxa esa Termizda nosozligi sababli tarkibdan ajratilgani tufayli saqlanib qolgan. Keyinchalik u Toshkentga olib kelinib, muzey ekspozitsiyasiga qo‘shilgan.
© Sputnik / Baxrom Xatamov1965 yilda ishlab chiqarilgan panorama gumbazli noyob ikki qavatli vagon
1965 yilda ishlab chiqarilgan panorama gumbazli noyob ikki qavatli vagon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
1965 yilda ishlab chiqarilgan panorama gumbazli noyob ikki qavatli vagon
1943 yilda ishlab chiqarilgan o‘lja sifatida qo‘lga kiritilgan nemis parovozi Ikkinchi jahon urushi tugagach, Sovet Ittifoqiga topshirilgan va keng izli temir yo‘lda harakatlanish uchun qayta jihozlangan. Texnik xizmat ko‘rsatishdagi qiyinchiliklar tufayli bunday ko‘pchiligi keyinchalik metall parchasiga topshirilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda ularning 30 ga yaqin nusxasi saqlanib qolgan.
© Sputnik / Baxrom Xatamov1943 yilda ishlab chiqarilgan nemis parovozi
1943 yilda ishlab chiqarilgan nemis parovozi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
1943 yilda ishlab chiqarilgan nemis parovozi
Bug‘ tortishidan dizel va elektr tortishiga o‘tish tarixini TE1, TE2, TE3, TEM2 teplovozlari hamda VL60K-157 elektrovozi davom ettiradi. Oddiy rele tizimiga asoslangan boshqaruv mazkur texnikaning Markaziy Osiyo issig‘ida ham ishonchli ishlashiga imkon bergan.
VL60K-157 — Novocherkassk elektrovozsozlik zavodida ishlab chiqarilgan, o‘zgaruvchan tokda harakatlanuvchi birinchi ommaviy sovet magistral elektrovozi. U Sibir, Ural va O‘zbekistondagi elektrlashtirilgan temir yo‘l uchastkalarida foydalanilgan. Quvvati 4800 kVtgacha bo‘lgan elektrovoz soatiga 100 kilometrgacha tezlikda harakatlangan.
© Sputnik / Baxrom XatamovMintaqa temir yo‘llarida xizmat qilgan VL60K-157 elektrovozi
Mintaqa temir yo‘llarida xizmat qilgan VL60K-157 elektrovozi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Mintaqa temir yo‘llarida xizmat qilgan VL60K-157 elektrovozi
TE3 — yanada qudratli 2TE10L modelining yaratilishiga asos bo‘lgan yuk teplovozi. Ular o‘rtasidagi asosiy farq dvigatelda: TE3 teplovoziga turbonadduvsiz dizel o‘rnatilgan bo‘lsa, 2TE10L turbokompressorli kuch agregati bilan jihozlangan.
© Sputnik / Baxrom XatamovTE3 — yuk teplovozi
TE3 — yuk teplovozi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
TE3 — yuk teplovozi
TEM2 — sobiq SSSR temir yo‘llarida eng keng tarqalgan manyovr teplovozlaridan biri. O‘zbekistonda bunday lokomotivlar poyezd tarkiblarini tuzish va ajratish ishlarini bajarib, stansiyalarga kechayu kunduz xizmat ko‘rsatadi. Ko‘plab yosh mashinist yordamchilari dastlabki amaliy ko‘nikmalarini aynan TEM2 teplovozida egallaydi.
© Sputnik / Baxrom XatamovTEM2 — sobiq SSSR temir yo‘llarida eng keng tarqalgan manyovr teplovozi
TEM2 — sobiq SSSR temir yo‘llarida eng keng tarqalgan manyovr teplovozi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
TEM2 — sobiq SSSR temir yo‘llarida eng keng tarqalgan manyovr teplovozi
2TE10L — Lugansk zavodida ishlab chiqarilgan, temiryo‘lchilar orasida "Luganka" nomi bilan mashhur bo‘lgan ikki seksiyali yuk teplovozi. Bunday lokomotivlar 1990-yillargacha foydalanilgan, keyinchalik ularning o‘rnini zamonaviyroq 2TE10M teplovozlari egallagan.
© Sputnik / Baxrom Xatamov2TE10L — Lugansk zavodida ishlab chiqarilgan ikki seksiyali yuk teplovozi
2TE10L — Lugansk zavodida ishlab chiqarilgan ikki seksiyali yuk teplovozi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
2TE10L — Lugansk zavodida ishlab chiqarilgan ikki seksiyali yuk teplovozi
TU7-0544 — 750 millimetrli tor izli temir yo‘llar uchun mo‘ljallangan teplovoz. U torf qazib olish korxonalarida, yog‘och tayyorlash ishlarida va bolalar temir yo‘llarida foydalanilgan. YaMZ-238 dizel dvigateli bilan jihozlangan lokomotiv 300 ot kuchiga ega bo‘lib, soatiga 50 kilometrgacha tezlikda harakatlanadi. Bugungi kunda u Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining bog‘ hududidagi yo‘nalish bo‘ylab tashrif buyuruvchilarni tashiydi.
© Sputnik / Baxrom XatamovTU7-0544 — 750 millimetrli tor izli temir yo‘llar uchun mo‘ljallangan teplovoz
TU7-0544 — 750 millimetrli tor izli temir yo‘llar uchun mo‘ljallangan teplovoz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
TU7-0544 — 750 millimetrli tor izli temir yo‘llar uchun mo‘ljallangan teplovoz
Qo‘lda yasalgan bolalar sirpanchig‘i muzeyning yosh tashrif buyuruvchilari sevib qolgan maydonchalardan biriga aylangan. Bolalar bu yerda maroq bilan vaqt o‘tkazib, soatlab sirpanishlari mumkin.
© Sputnik / Baxrom XatamovQo‘lda yasalgan bolalar sirpanchig‘i
Qo‘lda yasalgan bolalar sirpanchig‘i  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Qo‘lda yasalgan bolalar sirpanchig‘i
O‘zingizni mashinistdek his qilish mumkin bo‘lgan muzey
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyi faqat tomosha qilishga mo‘ljallangan ekspozitsiya emas. Mehmonlar ayrim lokomotivlar kabinasiga kirib, mashinist pulti, tormoz kranlari, o‘lchov asboblari va boshqaruv dastaklarini yaqindan ko‘rishlari mumkin.
Hududda iz kengligi 750 millimetr bo‘lgan tor izli temir yo‘l ham mavjud. Unda ochiq vagonlardan tashkil topgan ekskursiya poyezdi harakatlanadi. Bu sayr ayniqsa bolalar orasida mashhur.
© Sputnik / Baxrom Xatamov"Muzey parovozov" v Tashkente
Muzey parovozov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
"Muzey parovozov" v Tashkente
Muzey xodimlari maktab o‘quvchilari va talabalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratadi. Ekskursiyalarda lokomotivlarning tuzilishi, temir yo‘ldagi xavfsizlik qoidalari, mashinist, yordamchi mashinist, vagon kuzatuvchisi, dispetcher va yo‘l ustasi kabi kasblar haqida so‘zlab beriladi.
Vladimir Lankevich uchun muzeydagi faoliyat shaxsiy hayot yo‘li bilan ham bog‘liq.

"Men shu muzeyda ulg‘aydim va uning yildan-yilga o‘zgarib borganini ko‘rdim. Maktabda o‘qib yurganimdayoq teplovozlar bilan shu yerda tanisha boshlaganman, keyin yordamchi mashinist kasbini egalladim. Endi vazifam — tarixni saqlash, ekspozitsiyani boyitish va uni yangi avlodga yetkazish", — deydi u.

© Sputnik / Baxrom XatamovGlavniy xranitel fonda muzeya Vladimir Lankevich
Glavniy xranitel fonda muzeya Vladimir Lankevich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Glavniy xranitel fonda muzeya Vladimir Lankevich

"Men uchun tashrif buyuruvchilarning tabassumi va quvonchi — ekskursiyalarni yanada yaxshilash, yangi ma’lumotlarni izlash uchun katta rag‘bat. O‘tmishni bilmasdan kelajakni qurib bo‘lmaydi", — ta’kidlaydi muzey fondining bosh saqlovchisi.

Yangiliklar lentasi
0