https://oz.sputniknews.uz/20260803/ozbekneftgaz-prezident-taqdimot-59467711.html
"O‘zbekneftgaz": natijalar va rejalar prezidentga taqdim etildi
"O‘zbekneftgaz": natijalar va rejalar prezidentga taqdim etildi
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekneftgaz” birinchi yarim yillikda 11,5 mlrd kub metr gaz qazib chiqardi. Aviakerosinga talab oshishi ortidan Gruziya, Iroq va boshqa davlatlardan import yo‘lga qo‘yildi, geofizika tarmog‘i modernizatsiya qilinadi.
2026-08-03T17:39+0500
2026-08-03T17:39+0500
2026-08-03T17:39+0500
neft
o‘zbekneftgaz
shavkat mirziyoyev
iqtisod
dizel
gaz
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/03/59467009_0:193:1900:1262_1920x0_80_0_0_3ec5899dcdf1cc870b71dba4bf596d40.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining birinchi yarim yillikdagi faoliyati va yil yakuniga qadar vazifalari yuzasidan hisobot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Jamiyat olti oyda 11,5 milliard kub metr tabiiy gaz qazib chiqardi. Neft, dizel yonilg‘isi, aviakerosin va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish prognozdan yuqori bo‘ldi.Geosiyosiy vaziyat ta’sirida Markaziy Osiyo yo‘nalishida aviaqatnovlar ko‘payib, O‘zbekistonga reyslar soni 2025-yilga nisbatan oshdi. Iyul-dekabrda aviakerosinga talab 375 ming tonnaga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27 foiz o‘sishi kutilmoqda. Uning asosiy qismi mahalliy zavodlar hisobidan qoplanadi.Ayrim hamkor davlatlarda neft mahsulotlari eksporti cheklangani sababli Gruziya, Iroq va boshqa mamlakatlardan aviakerosin import qilish yo‘lga qo‘yildi.Hisobotda “O‘zbekgeofizika”ni modernizatsiya qilish rejalari ham taqdim etildi. Kon-geofizika uskunalarini yangilash va dala 3D seysmik majmuasini xarid qilish uchun 38,8 million dollar yo‘naltiriladi.AQShning Schlumberger kompaniyasi bilan seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etiladi. Unda superkompyuter, yangi dasturlar va sun’iy intellekt texnologiyalari joriy qilinadi.Quduq qurilishida yuqori harorat va bosimga chidamli materiallar, ultratovushli karotaj, real vaqtda geofizik nazorat va gorizontal burg‘ilash joriy etiladi. Bu quduqlar ishonchliligi va mahsuldorligini oshiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20260224/gaz-qidiruv-ozbekneftgaz-ozgarishlar-55902094.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/03/59467009_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_ad96d64e3f61365345c91d1cbf5ff7ed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
neft, o‘zbekneftgaz, shavkat mirziyoyev, iqtisod, dizel, gaz, markaziy osiyo
neft, o‘zbekneftgaz, shavkat mirziyoyev, iqtisod, dizel, gaz, markaziy osiyo
"O‘zbekneftgaz": natijalar va rejalar prezidentga taqdim etildi
Aviaqatnovlar ko‘payishi sabab iyul-dekabrda O‘zbekistonda aviakerosinga talab 27 foiz oshib, 375 ming tonnaga yetishi kutilmoqda
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining birinchi yarim yillikdagi faoliyati va yil yakuniga qadar vazifalari yuzasidan hisobot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Jamiyat olti oyda 11,5 milliard kub metr tabiiy gaz qazib chiqardi. Neft, dizel yonilg‘isi, aviakerosin va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish prognozdan yuqori bo‘ldi.
Yil yakuniga qadar 1 million 100 ming tonna avtobenzin, 983 ming tonna dizel yonilg‘isi, 310 ming tonna aviakerosin, 606 ming tonna suyultirilgan gaz va qariyb 1 million 180 ming tonna sintetik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Geosiyosiy vaziyat ta’sirida Markaziy Osiyo yo‘nalishida aviaqatnovlar ko‘payib, O‘zbekistonga reyslar soni 2025-yilga nisbatan oshdi. Iyul-dekabrda aviakerosinga talab 375 ming tonnaga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27 foiz o‘sishi kutilmoqda. Uning asosiy qismi mahalliy zavodlar hisobidan qoplanadi.
Ayrim hamkor davlatlarda neft mahsulotlari eksporti cheklangani sababli Gruziya, Iroq va boshqa mamlakatlardan aviakerosin import qilish yo‘lga qo‘yildi.
Hisobotda “O‘zbekgeofizika”ni modernizatsiya qilish rejalari ham taqdim etildi. Kon-geofizika uskunalarini yangilash va dala 3D seysmik majmuasini xarid qilish uchun 38,8 million dollar yo‘naltiriladi.
AQShning Schlumberger kompaniyasi bilan seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etiladi. Unda superkompyuter, yangi dasturlar va sun’iy intellekt texnologiyalari joriy qilinadi.
Natijada yillik 3D seysmik tadqiqotlar maydoni 1 ming 800 dan 5 ming kvadrat kilometrga, o‘rganish chuqurligi 4,5 mingdan 8 ming metrga, istiqbolli geologik tuzilmalar soni 19 tadan 30 taga oshadi.
Quduq qurilishida yuqori harorat va bosimga chidamli materiallar, ultratovushli karotaj, real vaqtda geofizik nazorat va gorizontal burg‘ilash joriy etiladi. Bu quduqlar ishonchliligi va mahsuldorligini oshiradi.