https://oz.sputniknews.uz/20260802/uzbekistan-oy-jinoyat-59437335.html
“Xavfsiz va sog‘lom yurt”: iyul oyida 7597 ta jinoyat aniqlandi
“Xavfsiz va sog‘lom yurt”: iyul oyida 7597 ta jinoyat aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab 69 659 ta tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi. 7597 ta jinoyat aniqlandi, qidiruvdagi 1430 nafar shaxs ushlandi va 222 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasi olindi.
2026-08-02T10:24+0500
2026-08-02T10:24+0500
2026-08-02T10:28+0500
iiv
o‘zbekiston
jinoyatchilik
xavfsizlik
giyohvand moddalarga qarshi
qurol
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/10/36013284_0:378:2867:1991_1920x0_80_0_0_0eeb0e2f2292bce1fde322cd468ddaf7.jpg
TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Iyul oyida O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida 69 659 ta tezkor-qidiruv tadbiri amalga oshirilib, 7597 ta jinoyat aniqlandi. Bu haqda IIV matubot xizmati xabar berdi.Ma’lumotlarga ko‘ra, qidiruvda bo‘lgan 1430 nafar shaxs ushlanib, sud va tergov organlariga topshirildi. Turli sabablarga ko‘ra bedarak yo‘qolgan 1010 nafar fuqaro topilib, oilasi bag‘riga qaytarildi.Tadbirlar davomida mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Natijada mahallalarning 64 foizi “yashil” toifaga o‘tkazildi, 30 foizida jinoyatlar soni kamaydi.Giyohvandlikka qarshi yo‘nalishda 2608 ta tezkor tadbir o‘tkazilib, 222 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasi va 48 ming dona psixotrop dori musodara qilindi. Shuningdek, 35 316 tup giyohvandlik o‘simligi yo‘q qilindi, internet orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan 98 nafar shaxs ushlandi.Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish jarayonida 2619 ta jinoiy holat aniqlandi. Jinoiy guruhlar va shaxslardan 225 ta ov quroli, uchta pistolet, 11 ta qo‘lbola va 285 ta pnevmatik qurol, shuningdek, 8993 dona o‘q-dori olib qo‘yildi.Oylik davomida odam savdosining oldini olish, kiberjinoyatchilik, korrupsiya va yashirin iqtisodiyotga qarshi choralar ham kuchaytirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260127/jinoyatchilik-kurash-yangi-tizim-55309047.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/10/36013284_589:574:2472:1986_1920x0_80_0_0_f18127ebd1442f9eafa5d299daa88454.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iiv, o‘zbekiston, jinoyatchilik, xavfsizlik, giyohvand moddalarga qarshi, qurol
iiv, o‘zbekiston, jinoyatchilik, xavfsizlik, giyohvand moddalarga qarshi, qurol
“Xavfsiz va sog‘lom yurt”: iyul oyida 7597 ta jinoyat aniqlandi
10:24 02.08.2026 (yangilandi: 10:28 02.08.2026) Iyul oyida mamlakat bo‘ylab 7597 ta jinoyat aniqlandi, 1430 nafar qidiruvdagi shaxs ushlanib, 1010 kishi oilasiga qaytarildi.
TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Iyul oyida O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida 69 659 ta tezkor-qidiruv tadbiri amalga oshirilib, 7597 ta jinoyat aniqlandi. Bu haqda IIV matubot xizmati
xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qidiruvda bo‘lgan 1430 nafar shaxs ushlanib, sud va tergov organlariga topshirildi. Turli sabablarga ko‘ra bedarak yo‘qolgan 1010 nafar fuqaro topilib, oilasi bag‘riga qaytarildi.
Tadbirlar davomida mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Natijada mahallalarning 64 foizi “yashil” toifaga o‘tkazildi, 30 foizida jinoyatlar soni kamaydi.
Ilgari kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan “qizil” mahallalarning 25 foizida birorta ham jinoyat qayd etilmadi. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 11 foizga qisqardi.
Giyohvandlikka qarshi yo‘nalishda 2608 ta tezkor tadbir o‘tkazilib, 222 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasi va 48 ming dona psixotrop dori musodara qilindi. Shuningdek, 35 316 tup giyohvandlik o‘simligi yo‘q qilindi, internet orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan 98 nafar shaxs ushlandi.
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish jarayonida 2619 ta jinoiy holat aniqlandi. Jinoiy guruhlar va shaxslardan 225 ta ov quroli, uchta pistolet, 11 ta qo‘lbola va 285 ta pnevmatik qurol, shuningdek, 8993 dona o‘q-dori olib qo‘yildi.
Oylik davomida odam savdosining oldini olish, kiberjinoyatchilik, korrupsiya va yashirin iqtisodiyotga qarshi choralar ham kuchaytirildi.