https://oz.sputniknews.uz/20260802/united-kingdom-uzbekistan-import-59441684.html
Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondan importi 2025-yilda olti barobar oshdi
Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondan importi 2025-yilda olti barobar oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondan importi 2025-yilda 1,5 mlrd funtga yetdi. Tovarlar importi 670,4 foizga, xizmatlar importi esa 120,6 foizga oshdi. Keskin o‘sishga nomonetar oltin savdosi ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
2026-08-02T15:11+0500
2026-08-02T15:11+0500
2026-08-02T15:11+0500
eksport
iqtisod
savdo
o‘zbekiston
buyuk britaniya
oltin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/02/59441520_0:0:1672:941_1920x0_80_0_0_16abd0f0c5c8dfadb9aa8969ea9bf729.png
TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondan tovar va xizmatlar importi 2025-yilda 1,5 mlrd funtga yetdi. Bu 2024-yilga nisbatan 519 foiz yoki 1,3 mlrd funtga ko‘p. Bu haqda Buyuk Britaniya Biznes va savdo departamentining 31-iyulda yangilangan statistik bulletenida ma’lum qilindi.Importning asosiy qismini tovarlar tashkil etgan. Ularning qiymati 670,4 foizga oshib, 1,4 mlrd funtga yetdi. O‘zbekistondan xizmatlar importi esa 120,6 foizga o‘sib, 150 mln funtni tashkil qildi.Biroq bunday keskin o‘sishda oltin savdosining ta’siri bo‘lishi mumkin. Bulletenda tashqi savdo statistikasiga “aniqlanmagan tovarlar” toifasida hisobga olinadigan nomonetar oltin ham kiritilishi va u ayrim davlatlar bo‘yicha dinamikaga jiddiy ta’sir qilishi qayd etilgan.Britaniya statistikasiga ko‘ra, 1,5 mlrd funtlik ko‘rsatkich 2016–2025 yillar oralig‘idagi eng yuqori natijadir. Bungacha eng katta hajm 2019-yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda import 436 mln funtni tashkil etgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260731/ozbekistonning-top-5-tashqi-savdo-hamkorlari-59417268.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/02/59441520_211:0:1466:941_1920x0_80_0_0_beb0a21347478eb45ac08efc4a76707e.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eksport, iqtisod, savdo, o‘zbekiston, buyuk britaniya, oltin
eksport, iqtisod, savdo, o‘zbekiston, buyuk britaniya, oltin
Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondan importi 2025-yilda olti barobar oshdi
2025 yilda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondan importi 519 foizga oshib, 1,5 mlrd funtga, savdo aylanmasi 2,1 mlrd funtga yetdi.
TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondan tovar va xizmatlar importi 2025-yilda 1,5 mlrd funtga yetdi. Bu 2024-yilga nisbatan 519 foiz yoki 1,3 mlrd funtga ko‘p. Bu haqda Buyuk Britaniya Biznes va savdo departamentining 31-iyulda yangilangan statistik bulletenida
ma’lum qilindi.
Importning asosiy qismini tovarlar tashkil etgan. Ularning qiymati 670,4 foizga oshib, 1,4 mlrd funtga yetdi. O‘zbekistondan xizmatlar importi esa 120,6 foizga o‘sib, 150 mln funtni tashkil qildi.
Shu davrda ikki mamlakat o‘rtasidagi umumiy savdo aylanmasi 2,1 mlrd funtga yetdi — bu avvalgi yilga nisbatan 268,2 foizga ko‘p. Buyuk Britaniyaning O‘zbekistonga eksporti ham 79,9 foizga oshib, 592 mln funtni tashkil etdi.
Biroq bunday keskin o‘sishda oltin savdosining ta’siri bo‘lishi mumkin. Bulletenda tashqi savdo statistikasiga “aniqlanmagan tovarlar” toifasida hisobga olinadigan nomonetar oltin ham kiritilishi va u ayrim davlatlar bo‘yicha dinamikaga jiddiy ta’sir qilishi qayd etilgan.
Britaniya statistikasiga ko‘ra, 1,5 mlrd funtlik ko‘rsatkich 2016–2025 yillar oralig‘idagi eng yuqori natijadir. Bungacha eng katta hajm 2019-yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda import 436 mln funtni tashkil etgan.