https://oz.sputniknews.uz/20260802/russia-investitsiyalar-59434393.html
Uch yillik sof chiqimdan so‘ng: Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 11,1 mlrd dollarga yetdi
Uch yillik sof chiqimdan so‘ng: Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 11,1 mlrd dollarga yetdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning sof oqimi 2025-yilda 11,1 mlrd dollarga yetdi. Yillik natija birinchi yarim yillikdagi yuqori oqim hisobiga shakllandi, YeOIIda esa manzara turlicha bo‘ldi.
2026-08-02T12:49+0500
2026-08-02T12:49+0500
2026-08-02T12:49+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
rossiya
belarus
investitsiya
xalqaro valyuta jamg‘armasi (xvj)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/321/15/3211599_0:257:2730:1793_1920x0_80_0_0_20790b643418b67b4ba41d86f0f70980.jpg
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning sof oqimi 2025-yilda 11,1 mlrd dollarni tashkil etdi. 2024-yilda bu ko‘rsatkich minus 9,35 mlrd dollar bo‘lgan. Bir yil ichida investitsiya balansi qariyb 20,5 mlrd dollarga yaxshilangan. Bu haqda YeIKning "Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar" statistik bulletenida ma’lum qilingan.Sof oqim yangi loyihalarning umumiy qiymatini emas, yil davomida kirgan va qaytarilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar o‘rtasidagi natijani ko‘rsatadi. Ijobiy raqam Rossiyada investitsiya majburiyatlarining ko‘payishi ularning qaytarilishi yoki qisqarishidan yuqori bo‘lganini anglatadi. YeEK hisob-kitobi Xalqaro valyuta jamg‘armasi metodologiyasi asosida tuzilgan.Investitsiyalarning ijobiy natijasi, asosan, yilning birinchi yarmida shakllandi. Birinchi chorakda sof oqim 5,5 mlrd, ikkinchi chorakda 10,8 mlrd dollarga yetdi. Uchinchi va to‘rtinchi choraklarda esa mablag‘larning qaytarilishi ustun kelib, mos ravishda minus 1,1 mlrd va minus 4 mlrd dollar qayd etildi.YeOIIning boshqa mamlakatlarida investitsiya dinamikasi turlicha bo‘ldi. Armanistonga sof oqim 110,7 mln dollardan 708 mln dollargacha oshdi. Qirg‘izistonda ko‘rsatkich 255,3 mln dollardan 335,4 mln dollarga yetdi. Belarus 1,6 mlrd dollarlik ijobiy natijani saqlab qoldi, Qozog‘istonda esa sof oqim minus 916,4 mln dollarni tashkil etdi
https://oz.sputniknews.uz/20260625/uzbekistan-eaeu-loyihalar-58589461.html
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/321/15/3211599_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_0bd019b88461fbfed4259a34650c6593.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yeik, rossiya, belarus, investitsiya, xalqaro valyuta jamg‘armasi (xvj)
yeoii, yeik, rossiya, belarus, investitsiya, xalqaro valyuta jamg‘armasi (xvj)
Uch yillik sof chiqimdan so‘ng: Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 11,1 mlrd dollarga yetdi
YeEK ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Rossiyada investitsiyalar oqimi uch yildan so‘ng yana ijobiy ko‘rsatkichga qaytdi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning sof oqimi 2025-yilda 11,1 mlrd dollarni tashkil etdi. 2024-yilda bu ko‘rsatkich minus 9,35 mlrd dollar bo‘lgan. Bir yil ichida investitsiya balansi qariyb 20,5 mlrd dollarga yaxshilangan. Bu haqda YeIKning "Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar" statistik bulletenida
ma’lum qilingan.
Sof oqim yangi loyihalarning umumiy qiymatini emas, yil davomida kirgan va qaytarilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar o‘rtasidagi natijani ko‘rsatadi.
Ijobiy raqam Rossiyada investitsiya majburiyatlarining ko‘payishi ularning qaytarilishi yoki qisqarishidan yuqori bo‘lganini anglatadi. YeEK hisob-kitobi Xalqaro valyuta jamg‘armasi metodologiyasi asosida tuzilgan.
Yillik natijaning asosiy qismi kompaniyalar kapitalida ishtirok etish vositalari hisobiga shakllandi — 7,5 mlrd dollar. Qarz vositalari bo‘yicha sof oqim yana 3,7 mlrd dollarni tashkil qildi. 2024-yilda qarz vositalari bo‘yicha 14,2 mlrd dollarlik manfiy ko‘rsatkich qayd etilgan edi.
Investitsiyalarning ijobiy natijasi, asosan, yilning birinchi yarmida shakllandi. Birinchi chorakda sof oqim 5,5 mlrd, ikkinchi chorakda 10,8 mlrd dollarga yetdi.
Uchinchi va to‘rtinchi choraklarda esa mablag‘larning qaytarilishi ustun kelib, mos ravishda minus 1,1 mlrd va minus 4 mlrd dollar qayd etildi.
YeOIIning boshqa mamlakatlarida investitsiya dinamikasi turlicha bo‘ldi. Armanistonga sof oqim 110,7 mln dollardan 708 mln dollargacha oshdi. Qirg‘izistonda ko‘rsatkich 255,3 mln dollardan 335,4 mln dollarga yetdi. Belarus 1,6 mlrd dollarlik ijobiy natijani saqlab qoldi, Qozog‘istonda esa sof oqim minus 916,4 mln dollarni tashkil etdi