Tailand bosh vaziri rossiyaliklarning o‘ldirilishi munosabati bilan uzr so‘radi

© Tailand OAVTailand bosh vaziri Anutxin Chanvirakun jinoyat sodir bo‘lgan joyda
Tailand bosh vaziri Anutxin Chanvirakun jinoyat sodir bo‘lgan joyda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2026
Obuna bo‘lish
Oldinroq rossiyalik opa-uka mahalliy fuqaro tomonidan o‘ldirilgani aniqlangan edi.
TOShKENT, 1 ​​avg — Sputnik. Tailand Bosh vaziri Anuthin Chanvirakun Pattayada Rossiya fuqarolari opa uka Nazimovlarning o‘ldirilishi munosabati bilan uzr so‘radi.
Shanba kuni bosh vazir jinoyat sodir bshlgan joyigabordi va keyin esa ikki nafar gumonlanuvchi mahalliy aholi hibsga olingan turilgan politsiya bo‘limiga tashrif buyurdi.

"Men Tailandda yetti yil yashagan ikki yosh rossiyalik bilan sodir bo‘lgan voqea uchun barcha rossiyaliklardan uzr so‘ramoqchiman. Bunday bo‘lmasligi kerak edi. Qat’iy ishontirib aytamanki, aybdorlarning tergov va sud jarayoni mamlakatimiz qonunlariga muvofiq, eng qat’iy ravishda olib boriladi va aybdorlar eng qattiq jazo oladilar", dedi Chanvirakun.

Ma’lumot uchun, opa-uka Diana va Roman Nazimovlar (22 va 17 yoshli), dushanba kuni Tailandda tunda mototsiklda uydan chiqib ketishganida g‘oyib bo‘lishdi. Keyinroq o‘sha paytda Bangkokda bo‘lgan onasi qizidan "URGENT!" so‘zi yozilgan SMS xabar oldi. Keyin ikkala bola bilan ham aloqa uzildi.
Shundan so‘ng politsiya va ko‘ngillilar ishtirokida keng ko‘lamli qidiruv operatsiyasi boshlanadi. Videokuzatuv kameralari yozulari o‘rganib chiqilganda so‘nggi bor ularni mahalliy fuqaro bilan suhbatlashib turgani aks etgan kadrlar topiladi.

Shanba kuni esa politsiya opa uka va oldinroq yo‘qolgan yana uch nafar turistlarning jasadlari ko‘milgan qabrlarni topadi.

Tailand huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ushbu ish bo‘yicha ikki mahalliy fuqaroni hibsga oldilar: Pong va Thong ismli gumonlanuvchilardan biri oldin ham odam o‘g‘irlash jinoyati uchun qamalib chiqqan edi. Gumonlanuvchilar Nazimovlarni mototsik uchun o‘ldirganini tan olishdi.
Yangiliklar lentasi
0