Prezident temiryo‘lchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi

© O‘zbekiston temir yo‘llari“Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” yo‘nalishida xalqaro poyezd
“Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” yo‘nalishida xalqaro poyezd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2026
Obuna bo‘lish
Prezident farmoniga muvofiq, avgust oyining birinchi yakshanbasi "Temiryo‘l transporti xodimlari kuni" etib belgilangan.
TOShKENT, 1 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev temiryo‘l sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
Avvalo, siz, azizlarni – o‘z kasbining haqiqiy ustasi bo‘lgan ishchi va xizmatchilar, quruvchi va muhandislar, mashinistlar, vagon kuzatuvchilari hamda soha faxriylarini Temir yo‘l transporti xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman, deyiladi tabrik so‘zida.

Shuningdek davlat rahbari so‘nggi yillarda temiro‘l sohasida erishilgan yutuqlarni ham sanab o‘tgan:

2 ming 400 kilometrdan ko‘proq yangi temir yo‘l tarmoqlari qurilib, foydalanishga topshirildi;
3 ming kilometrdan ortiq yo‘llar elektrlashtirilib, 1 ming 100 kilometrdan ziyodi reabilitatsiya qilindi;
Samarqand – Urgut, Baytqo‘rg‘on – Parkent, Urganch xalqaro aeroporti – Xiva temir yo‘l tarmoqlari barpo etildi;
Navoiy – Buxoro uchastkasining ikkinchi elektrlashtirilgan liniyasi ishga tushirildi;
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li barpo qilinayotgani, qo‘shni Afg‘oniston bilan temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik izchil davom ettirilayotgani O‘zbekistonning mintaqaviy transport va tranzit markazi sifatidagi o‘rni tobora mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
“Hyundai Rotem” kompaniyasi tomonidan maxsus ishlab chiqarilgan, yuqori tezlikdagi yangi “Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdining Toshkent – Xiva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha foydalanishga topshirildi.
Tabrik so‘zi oxirida prezident temiryo‘lchilarni yana bir bor tabriklab, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, yutuq va omadlar tiladi.
Yangiliklar lentasi
0