Shavkat Mirziyoyev Issq-Ko‘lda suv-motor sporti musobaqasi ochilish marosimida ishtirok etdi
13:35 01.08.2026 (yangilandi: 13:38 01.08.2026)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Prezidentlar poyga ishtirokchilarini qutladilar va dunyoda eng tezurar qayiqlar bilan tanishdilar.
TOShKENT, 1 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari bilan birgalikda Issq-Ko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha F1H2O jahon chempionatning Qirg‘iziston Gran-Prisi ochilish marosimida ishtirok etdi.

MO va Ozarbayjon prezidentlari Issiq-ko‘lda suv-motor sporti musobaqasi ochilish marosimida
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbarlari musobaqa ishtirokchilari va mehmonlarini qutladilar va musobaqaning saralash poygasini kuzatdi.

MO va Ozarbayjon prezidentlari Issiq-ko‘lda suv-motor sporti musobaqasi ochilish marosimida
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Gran-pri Xalqaro suv-motor sporti ittifoqi shafeligida o‘tkazilayotgan “suvdagi Formula-1” nomi bilan mashhur bo‘lgan F1H2O jahon chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Musobaqalarda har yili turli mamlakatlardan professional jamoa va sportchilar ishtirok etadi. Jahon chempionati bosqichi Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilmoqda.

MO va Ozarbayjon prezidentlari Issiq-ko‘lda suv-motor sporti musobaqasi ochilish marosimida
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Dasturdan mashg‘ulotlar, saralash bosqichi hamda soatiga 220 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi tezurar qayiqlardagi asosiy poyga o‘rin olgan.

MO va Ozarbayjon prezidentlari Issiq-ko‘lda suv-motor sporti musobaqasi ochilish marosimida
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana