Qora dengizda Ukraina dronlari hujumidan so‘ng Rossiya kemasi cho‘kib ketdi

© FescoTeploxod kompanii Fesco
Teploxod kompanii Fesco - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2026
Obuna bo‘lish
Kemaning 17 nafar ekipaj a’zolari yaqin atrofda bo‘lgan boshqa bir kema tomonidan qutqarib olingan.
TOShKENT, 1 avg - Sputnik. "Rosatom" davlat korporatsiya xabariga ko‘ra, Ukraina dronlari hujumi natijasida Qora dengizda konteyner kemasi cho‘kib ketdi.

"Bugun kechqurun Qora dengizda, Novorossiysk shahridan 130 mil uzoqlikda, FESCOga tegishli "Yanina" kemasi Ukraina Qurolli Kuchlarining jangovar dengiz dronlari hujumi natijasida shikastlanib cho‘kib ketdi", deyiladi xabarda.

Rosatom bosh direktori Aleksey Lixachev ekipajsiz katerlar Moskva vaqti bilan soat 22:00 atrofida kemaga hujum qilganini ta’kidladi.
"Bu xalqaro suvlarda suzib yurgan va muzlatilgan oziq-ovqatlardan tortib qurilish va pardozlash materiallarigacha bo‘lgan fuqarolik yuklarini tashiydigan mutlaqo oddiy fuqarolik konteyner kemasi edi", deb ta’kidladi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha 17 ekipaj a’zosi yaiin atrofda bo‘lgan boshqa bir kema ekipajdi a’zolari tomonidan qutqarilgan va ularning ahvoli yaxshi.
Lixachev Delphinus kapitani, Misr fuqarosi boshchiligidagi xalqaro ekipajga minnatdorchilik bildirdi, ular dronlar xavfiga qaramay, tunda halokat joyiga yo‘l olgan va 16 kishini qutqargan.
Rosatom rahbari shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlarining dengizdagi harakatlarini qaroqchilik va talonchilik deb atadi.
Yangiliklar lentasi
0