53 000 dan ortiq migrant Ispaniyadan Marokashga qaytib ketdi

© AP Photo / Javier FergoVoyennoe otseplenie na granitse Marokko i Ispanii, v ispanskom anklave Seuta
Voyennoe otseplenie na granitse Marokko i Ispanii, v ispanskom anklave Seuta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2026
Obuna bo‘lish
Seutaga noqonuniy kirib kelgan migrantlarning aksariyati qaytib Marokashga ketdi.
TOShKENT, 1 avg - Sputnik. Ispaniya xavfsizlik kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, bir kun ichida 53 mingdan ortiq migrantlar marokashga qaytib ketgan.
Eslatib o‘tamiz kecha Afrika shimolida jorylashgan Ispaniyaning Seuta shahriga 60 mingga yaqin marokashlik migrantlar suzib va quruqlik chegaralari orqali noqonuniy kirib kelgan edi.
Mahalliy OAVlaga ko‘ra, bunga Ispaniya Oliy sudining dengiz orqali suzib kelgan noqonuniy migrantlarni darhol oraqaga qaytarishni ta’qiqlash haqidagi qarori sabab bo‘lgan.

Ushbu holat tufayli Seutada favqulodda vaziyat e’lon qilingan va qo‘shimcha harbiy kuchlar kiritilgan. Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchez buni hujum va mamlakatning hududiy yaxlitligini buzish deb atadi.
Seuta shaharida esa o‘tgan oqshom migrantlar ko‘chalarda tunab qolgan va ovqat izlab oziq-ovqat magazinlariga kirgan.

Dengizdan suzib o‘tish vaqti 60dan ziyod migrantlar qurbon bo‘lgan.
Seuta — Afrikaning shimoliy qirg‘og‘ida joylashgan, Marokash bilan chegarada joylashgan Ispaniya anklavi. Melilya bilan birgalikda u Yevropa Ittifoqi va Afrika o‘rtasidagi yagona quruqlik chegarasini tashkil qiladi va Yevropa Ittifoqiga noqonuniy migratsiyaning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.
Pochti 50 tisach migrantov pronikli v ispanskuyu Seutu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2026
Marokashdan Ispaniyaga qariyb 50 000 migrant o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0