https://oz.sputniknews.uz/20260731/shavkat-mirziyoev-markaziy-osiyo-va-ozarbayjon-norasmiy-sammitida-nutq-sozladi-59412493.html
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon norasmiy sammitida nutq so‘zladi
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon norasmiy sammitida nutq so‘zladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti mintaqa va qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishga da’vat qildi. 31.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-31T15:53+0500
2026-07-31T15:53+0500
2026-07-31T15:59+0500
shavkat mirziyoyev
sadir japarov
emomali rahmon
ilhom aliyev
ozarbayjon
o‘zbekiston
markaziy osiyo
turkmaniston
qirg‘iziston
tojikiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1f/59412191_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_acb4eced8c8476a639d5e3871d6e2ae1.jpg
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-iyul kuni Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.Tadbirda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ishtirok etishdi. Davlat rahbarlari hududning barqaror rivojlanishi va xavfsizligini ta’minlash masalalar yuzasidan fikr almashdilar.Sammitda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi va unda Markaziy Osiyo hamkorligigiga doir qator masalalarga alohida e’tibor qaratdi.Markaziy Osiyo va atrofdagi davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishIlgari tarqoq bo‘lgan Markaziy Osiyo bugungi kunda birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida taraqqiyotning umumiy maqsadlari yo‘lida birlashmoqda. Bugungi xalqaro voqelik bizdan yanada qat’iyat bilan harakat qilishni va yanada yaqin muvofiqlashtiruvni talab etmoqda.Ozarbayjonning Maslahat uchrashuvlari formatiga qo‘shilishi o‘zaro hamkorligimizni sifat jihatidan yangi – makromintaqaviy darajaga olib chiqmoqda.Biz uchun Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va yaqin qo‘shnimiz – Afg‘onistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish borasida tarixiy imkoniyat ochilmoqda. Mintaqaviy hamkorlikning barqaror arxitekturasini shakllantirishga o‘tish vaqti keldi. Uning tuzilishi hamkorlikning samarali institutlari, tarmoq idoralarining yaqin munosabatlari, hududlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalari hamda va rivojlanishning asosiy yo‘nalishlaridagi uzoq muddatli qo‘shma dasturlarga tayanishi zarur.Mintaqamizning xalqaro subyekt sifatidagi maqomini mustahkamlagan holda davlatlararo tashkilotlar va “Markaziy Osiyo plyus” formatlari doirasida o‘zaro muvofiqlashtiruvni kuchaytirish lozim.Savdo iqtisodiy munosabatlar Savdo-iqtisodiy va transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, uzluksiz sanoat-texnologik zanjirlarni kengaytirish, umumiy raqamli xizmatlarni rivojlantirish hamda investitsiya platformalarini ishga tushirish bo‘yicha kelgusi qadamlarni puxta ishlab chiqish lozim.Markaziy Osiyo ta’lim, ilm-fan va katta ma’lumotlar sohasida innovatsiyalar bo‘yicha raqobatbardosh xabga aylanishi kerak. Bunga kadrlar salohiyati, sun’iy intellekt texnologiyalari, data-markazlar va energetika quvvatlarini birlashtirgan yaxlit infratuzilmani yaratish orqali erishish mumkin.Iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurashishAtrof-muhitni muhofaza qilish har doim mintaqaviy kun tartibining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Yagona tabiiy makonimizda yuzaga kelayotgan tahdidlar davlat chegaralarini tan olmaydi, shunday ekan, ularga javob choralari ham umumiy bo‘lishi kerak.Joriy yilgi yozning anomal darajada issiq kelishi iqlim o‘zgarishi allaqachon iqtisodiyot, suv va energetika xavfsizligi, odamlarning salomatligi va hayot sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan omilga aylanib borayotganini yana bir bor ko‘rsatdi. Ana shunday yangi xavf-xatarlarga birgalikda moslashish bo‘yicha uzoq muddatli yechimlarni topish muhimdir.Gumanitar hamkorlik Hamkorligimizning o‘zgarmas ustuvor yo‘nalishlari orasida gumanitar aloqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqlarimiz asrlar davomida yonma-yon yashagan, savdo-sotiqni rivojlantirgan, bilim va madaniy an’analar bilan o‘zaro almashgan.Zamonaviy hamkorlik chuqurlashgani sari hamjihatlik tuyg‘usi ham mustahkamlanmoqda. Umummintaqaviy o‘ziga xoslik, xalqlarimizning milliy o‘zligi saqlangan holda bosqichma-bosqich shakllanmoqda.Ishonchim komil, ushbu sohadagi ishlarning mohiyati sifat jihatidan o‘zgarishi xalqlarimiz o‘rtasidagi birlik, hamjihatlik va o‘zaro tushunish tuyg‘usini mustahkamlaydi.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1f/59412191_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_33602389a3ed1686ebe2b2576f4665c2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, sadir japarov, emomali rahmon, ilhom aliyev, ozarbayjon, o‘zbekiston, markaziy osiyo, turkmaniston, qirg‘iziston, tojikiston, sammit
shavkat mirziyoyev, sadir japarov, emomali rahmon, ilhom aliyev, ozarbayjon, o‘zbekiston, markaziy osiyo, turkmaniston, qirg‘iziston, tojikiston, sammit
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon norasmiy sammitida nutq so‘zladi
15:53 31.07.2026 (yangilandi: 15:59 31.07.2026) O‘zbekiston prezidenti mintaqa va qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishga da’vat qildi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-iyul kuni Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ishtirok etishdi. Davlat rahbarlari hududning barqaror rivojlanishi va xavfsizligini ta’minlash masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Sammitda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi va unda Markaziy Osiyo hamkorligigiga doir qator masalalarga alohida e’tibor qaratdi.
Markaziy Osiyo va atrofdagi davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish
Ilgari tarqoq bo‘lgan Markaziy Osiyo bugungi kunda birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida taraqqiyotning umumiy maqsadlari yo‘lida birlashmoqda.
Bugungi xalqaro voqelik bizdan yanada qat’iyat bilan harakat qilishni va yanada yaqin muvofiqlashtiruvni talab etmoqda.
Ozarbayjonning Maslahat uchrashuvlari formatiga qo‘shilishi o‘zaro hamkorligimizni sifat jihatidan yangi – makromintaqaviy darajaga olib chiqmoqda.
Biz uchun Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va yaqin qo‘shnimiz – Afg‘onistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish borasida tarixiy imkoniyat ochilmoqda.
Ushbu vaziyatdan to‘liq foydalanib, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Yevroosiyoning qoq yuragida barqaror rivojlanish, o‘zaro bog‘liqlik va yaxshi qo‘shnichilik uchun mustahkam poydevor yaratishimiz zarur.
Mintaqaviy hamkorlikning barqaror arxitekturasini shakllantirishga o‘tish vaqti keldi. Uning tuzilishi hamkorlikning samarali institutlari, tarmoq idoralarining yaqin munosabatlari, hududlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalari hamda va rivojlanishning asosiy yo‘nalishlaridagi uzoq muddatli qo‘shma dasturlarga tayanishi zarur.
Mintaqamizning xalqaro subyekt sifatidagi maqomini mustahkamlagan holda davlatlararo tashkilotlar va “Markaziy Osiyo plyus” formatlari doirasida o‘zaro muvofiqlashtiruvni kuchaytirish lozim.
Savdo iqtisodiy munosabatlar
Savdo-iqtisodiy va transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, uzluksiz sanoat-texnologik zanjirlarni kengaytirish, umumiy raqamli xizmatlarni rivojlantirish hamda investitsiya platformalarini ishga tushirish bo‘yicha kelgusi qadamlarni puxta ishlab chiqish lozim.
Markaziy Osiyo ta’lim, ilm-fan va katta ma’lumotlar sohasida innovatsiyalar bo‘yicha raqobatbardosh xabga aylanishi kerak. Bunga kadrlar salohiyati, sun’iy intellekt texnologiyalari, data-markazlar va energetika quvvatlarini birlashtirgan yaxlit infratuzilmani yaratish orqali erishish mumkin.
Iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurashish
Atrof-muhitni muhofaza qilish har doim mintaqaviy kun tartibining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Yagona tabiiy makonimizda yuzaga kelayotgan tahdidlar davlat chegaralarini tan olmaydi, shunday ekan, ularga javob choralari ham umumiy bo‘lishi kerak.
Joriy yilgi yozning anomal darajada issiq kelishi iqlim o‘zgarishi allaqachon iqtisodiyot, suv va energetika xavfsizligi, odamlarning salomatligi va hayot sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan omilga aylanib borayotganini yana bir bor ko‘rsatdi. Ana shunday yangi xavf-xatarlarga birgalikda moslashish bo‘yicha uzoq muddatli yechimlarni topish muhimdir.
Hamkorligimizning o‘zgarmas ustuvor yo‘nalishlari orasida gumanitar aloqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqlarimiz asrlar davomida yonma-yon yashagan, savdo-sotiqni rivojlantirgan, bilim va madaniy an’analar bilan o‘zaro almashgan.
Zamonaviy hamkorlik chuqurlashgani sari hamjihatlik tuyg‘usi ham mustahkamlanmoqda. Umummintaqaviy o‘ziga xoslik, xalqlarimizning milliy o‘zligi saqlangan holda bosqichma-bosqich shakllanmoqda.
Ishonchim komil, ushbu sohadagi ishlarning mohiyati sifat jihatidan o‘zgarishi xalqlarimiz o‘rtasidagi birlik, hamjihatlik va o‘zaro tushunish tuyg‘usini mustahkamlaydi.