O‘zbekiston temiryo‘lchilariga mukofotlar topshirildi

© AO "O‘zbekiston Temir Yo‘llari"O‘zbekiston temiryo‘lchilari o‘z kasb bayrami
O‘zbekiston temiryo‘lchilari o‘z kasb bayrami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2026
Obuna bo‘lish
Kasb bayrami munosabati bilan 22 nafar temiryo‘lchilarga sohaning oliy mukofoti – “Faxriy temir yo‘lchi” ko‘krak nishoni topshirildi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Bugun, 2026-yil 31-iyul kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining markaziy boshqaruvida Temir yo‘l transporti xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishlar zalida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi, uning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, idoraviy tashkilotlar rahbarlari va butun mamlakatdan kelgan mehnat jamoalari vakillari to‘plandilar.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi Z.Narzullayev hamkasblariga tabrik so‘zi bilan murojaat qildi. Rahbar jamoani ishdagi sadoqati uchun minnatdorlik bildirdi.
Tadbirda, shuningdek, ko‘p yillik halol mehnati va ishlab chiqarishdagi yuksak ko‘rsatkichlari uchun 22 nafar xodimga sohaning oliy mukofoti – “Faxriy temir yo‘lchi” ko‘krak nishoni topshirildi.
© AO "O‘zbekiston Temir Yo‘llari"O‘zbekiston temiryo‘lchilari o‘z kasb bayrami
O‘zbekiston temiryo‘lchilari o‘z kasb bayrami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2026
O‘zbekiston temiryo‘lchilari o‘z kasb bayrami
Shuningdek, Temir yo‘llar hamkorligi tashkiloti (OSJD) tashkil etilganining 70-yilligi munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, 8 nafar yuqori va o‘rta bo‘g‘in rahbarlari OSJDning Faxriy diplomlari bilan taqdirlandilar.
Marosim yakunlangach, xodimlar Bosh boshqarmaning ichki hovlisida esdalik uchun suratga tushdilar. Tadbir mehmonlari uchun maxsus dastur tayyorlandi: ishtirokchilar poytaxtimizning diqqatga sazovor tarixiy maskanlari bo‘ylab qiziqarli ekskursiyaga qo‘shilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bayram tadbirlari bugun Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida davom etadi, bu yerda mamlakatning yetakchi ijodiy jamoalari ishtirokida katta gala-konsert bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumki, Shavkat Mirziyoyev Farmoniga muvofiq, har yili avgust oyining birinchi yakshanbasida Temir yo‘l transporti xodimlari kuni nishonlanadi.
Yangiliklar lentasi
0