https://oz.sputniknews.uz/20260731/eron-aqshning-bahrayn-va-quvaytdagi-harbiy-bazalariga-zarba-berdi-59399574.html
Eron AQShning Bahrayn va Kuvaytdagi harbiy bazalariga zarba berdi
Eron AQShning Bahrayn va Kuvaytdagi harbiy bazalariga zarba berdi
Sputnik O‘zbekiston
Eron dronlari AQShning Bahrayndagi "Shayx Iso" va Kuvaytdagi "Ahmad al-Jaber" aviabazalariga hujum qildi. 31.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-31T10:33+0500
2026-07-31T10:33+0500
2026-07-31T10:33+0500
aqsh
aqsh – eron mojarosi
eron
ho‘rmuz bo‘g‘ozi
mojaro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/16/30980094_0:0:640:360_1920x0_80_0_0_11606b1bd1d1b19b430b7a9dd45bfa83.jpg
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi o‘tgan tunda AQShning Bahrayn va Kuvaytdagi aviabazalari javob zarbalarini berganini e’lon qildi.Shuningdek, Eron OAVlariga ko‘ra, Eron armiyasining dronlari AQShning Bahrayndagi "Shayx Iso" aviabazasida elektr generatorlari, navigatsiya tizimlari va ma’muriy va yordamchi infratuzilmasiga zarba bergan. Ushbu zarbalar AQShning payshanba kuni kechqurun Eronga uyushtirgan zarbalariga javoban amalga oshirilgan. AQSh Markaziy qo‘mondonligi qirg‘oq kuzatuv va mudofaa postlari hamda dengiz nishonlariga zarba berganini e’lon qildi.Payshanba kuni Eron Islom Inqilobi korpusi Iordaniyadagi Al-Azraq aviabazasiga raketa zarbasi berganini va uchta F-35 samolyoti va bir nechta harbiy xizmatchilarni yo‘q qilganliklarini ma’lum qilgan edi.Eslatib o‘tamiz, AQSh-Eron majarosida yangi eskalatsiya to‘lqini 8-iyul kechasi Qo‘shma Shtatlar tomonidan boshlangan edi. AQSh Eron janubiy qirg‘oqlaridagi bir necha harbiy obyektlarga hujum uyushtirdi. Tehron buni erishilgan kelishuvlarni buzish deb atadi va Yaqin Sharqdagi Amerika nishonlariga zarba berishni boshladi.
eron
ho‘rmuz bo‘g‘ozi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/16/30980094_80:0:560:360_1920x0_80_0_0_0dae4401fb03a29b05a307fd17dde6e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, aqsh – eron mojarosi, eron, ho‘rmuz bo‘g‘ozi, mojaro
aqsh, aqsh – eron mojarosi, eron, ho‘rmuz bo‘g‘ozi, mojaro
Eron AQShning Bahrayn va Kuvaytdagi harbiy bazalariga zarba berdi
Eron dronlari AQShning Bahrayndagi "Shayx Iso" va Kuvaytdagi "Ahmad al-Jaber" aviabazalariga hujum qildi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi o‘tgan tunda AQShning Bahrayn va Kuvaytdagi aviabazalari javob zarbalarini berganini e’lon qildi.
"Eron armiyasi o‘zining kamikadze dronlari bilan Kuvaytdagi "Ahmad al-Jaber" aviabazasidagi qiruvchi samolyotlar angarlariga, sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlariga va uskunalar omborlariga zarba berdi" deyiladi xabarda.
Shuningdek, Eron OAVlariga ko‘ra, Eron armiyasining dronlari AQShning Bahrayndagi "Shayx Iso" aviabazasida elektr generatorlari, navigatsiya tizimlari va ma’muriy va yordamchi infratuzilmasiga zarba bergan.
Ushbu zarbalar AQShning payshanba kuni kechqurun Eronga uyushtirgan zarbalariga javoban amalga oshirilgan. AQSh Markaziy qo‘mondonligi qirg‘oq kuzatuv va mudofaa postlari hamda dengiz nishonlariga zarba berganini e’lon qildi.
Payshanba kuni Eron Islom Inqilobi korpusi Iordaniyadagi Al-Azraq aviabazasiga raketa zarbasi berganini va uchta F-35 samolyoti va bir nechta harbiy xizmatchilarni yo‘q qilganliklarini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh-Eron majarosida yangi eskalatsiya to‘lqini 8-iyul kechasi Qo‘shma Shtatlar tomonidan boshlangan edi. AQSh Eron janubiy qirg‘oqlaridagi bir necha harbiy obyektlarga hujum uyushtirdi. Tehron buni erishilgan kelishuvlarni buzish deb atadi va Yaqin Sharqdagi Amerika nishonlariga zarba berishni boshladi.