O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi — infografika

Obuna bo‘lish
2026 yilning yarmida O‘zbekiston tashqi savdosi 41 mlrd dollarga yetdi, import o‘sishi fonida manfiy saldo 9,2 mlrd dollarga chiqdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 41 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,4 foizga ko‘p.
Hisobotga ko‘ra, eksport 15,9 mlrd dollar bo‘lib, yillik hisobda 8,8 foizga kamaygan. Import esa 25,1 mlrd dollarga yetib, 21 foizga oshgan.
Natijada tashqi savdo saldosi manfiy bo‘lib qoldi va 9,2 mlrd dollarga yetdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 3,38 mlrd dollar minus bo‘lgan edi.
Shu bilan birga, oltinni hisobga olmagan tovarlar eksporti 8,2 mlrd dollarga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28,7 foizga o‘sdi.
Yangiliklar lentasi
0